
Toshkent hokimligi va Britaniyaning UK Export Finance (UKEF) jamg‘armasi qurilish chiqindilarini tashish va qayta ishlash bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi shahar hokimligi. Britaniyalik mutaxassislar zamonaviy qurilish chiqindilarini saralash va qayta ishlash liniyalarini tashkil qilishda yordam berishi kutilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — qayta ishlangan materiallar ulushini oshirish va ularni qayta foydalanish texnologiyalarini joriy etishdir. “Mazkur loyiha Toshkentda zamonaviy, ekologik xavfsiz va investitsiyalar uchun jozibador qurilish chiqindilarini boshqarish tizimini yaratishga qaratilgan”, — deyilgan hokimlik bayonotida.
Poytaxt ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar kelishuvni kelgusi yilning birinchi choragida imzolashni rejalashtirmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.