18:44 / 28.06.2022
1 778

Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot

Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot
Foto: «Noviy ochag»
Muzlatkichlar xonadonlarda ilk bor 1913 yilda paydo bo‘lgan, oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramay, ba’zi odamlar hali ham undan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydi. Aksariyat insonlar unda xona haroratida qolishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni ham saqlaydi, deb yozadi «Noviy ochag».

Avokado
Oddiy sharoitda saqlansa, yanada yaxshiroq pishadi.

Rayhon, petrushka, kinza
Ko‘katlarni gullar kabi suvli idishga solib qo‘yish tavsiya etiladi.

Bulg‘ori qalampiri
Sovutkichda elastiklikni yo‘qotadi.

Bodring
Muzlatkichda bodringning yanada suvi ko‘payadi. Agar ularni muzlatkichda saqlamoqchi bo‘lsangiz, quruq plastik idishga solish lozim.

Konservalangan mahsulotlar
Tuzlangan bodring, pomidor va boshqa sabzavotlar konservalangan bo‘lsa, ularni shkafda saqlash mumkin.

Piyoz va sarimsoq
Muzlatkichda ular namlikni yutadi va bu sifatiga ta’sir qiladi. Ular quruq, qorong‘i joyda saqlanishi kerak, lekin yopiq idishda yoki kartoshka yaqinida emas.

Kartoshka
Kartoshkani muzlatkichda emas, balki quruq va qorong‘i joyda, qog‘oz qoplar ichida saqlash tavsiya etiladi.

Bananlar
Ularning yanada yaxshiroq pishishi uchun xona haroratida saqlash lozim.

Rezavorlar
Ularning ta’mini o‘zgartirmaslik uchun quruq, qorong‘i joyda saqlagan yaxshiroq.

Sitruslar
Alohida idishda saqlash va shikastlanganlarni darhol ajratib olish kerak.

Souslar
Issiq souslar, soya va ketchup xona haroratida bir oygacha saqlanishi mumkin. Iste’mol qilinmagandagina muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi.

Yong‘oq moyi
Muzlatkichdan tashqarida uch oygacha saqlash mumkin.

Asal
Agar asalga qo‘shimchalar qo‘shilmagan bo‘lsa, u muzlatkichdan tashqarida ham uzoq vaqt qolishi mumkin.

Shokolad va qahva
Maksimal lazzatlanish uchun ularni qorong‘i, iliq joyda saqlash lozim.

Baqlajon
Ular eng yaxshi xona haroratida bir necha kun davomida saqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot