AirPods va quloqchinlardan uzoq foydalanish xavflimi?

Bugungi kunda AirPods va turli quloqchinlardan foydalanish ko‘pchilik uchun odatiy holga aylangan. Musiqa tinglash, video ko‘rish, dars yoki ish jarayonida qo‘ng‘iroqlarga javob berish qulay bo‘lsa-da, ulardan uzoq vaqt va baland ovozda foydalanish eshitish salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, quloqchin orqali juda baland ovozda musiqa tinglash eshitish nervlariga bosim beradi. Ayniqsa, har kuni bir necha soat davomida yuqori tovushda foydalanish quloqda shang‘illash, eshitishning pasayishi, bosh og‘rig‘i va charchoq kabi holatlarga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, quloq ichiga taqiladigan quloqchinlar uzoq vaqt ishlatilganda quloq yo‘lida namlik va bakteriyalar ko‘payishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Bu esa ayrim hollarda quloq yallig‘lanishi, qichishish yoki noqulaylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun quloqchinlarni toza saqlash va boshqalar bilan almashib ishlatmaslik muhim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!