Qaysi mahsulotlar stressni kamaytirishga yordam beradi?

Stress zamonaviy hayotning eng ko‘p uchraydigan muammolaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, to‘g‘ri ovqatlanish asab tizimini tinchlantirish va ruhiy holatni yaxshilashga yordam berishi mumkin.
Shifokorlar ayniqsa magniyga boy mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi. Yong‘oq, bodom, banan va ismaloq kabi mahsulotlar organizmda stress gormonlarini kamaytirishga yordam berishi aytiladi.
Baliq mahsulotlari ham foydali hisoblanadi. Losos, skumbriya va sardina kabi omega-3 moddasiga boy baliqlar miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, bezovtalik hissini kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Shuningdek, qora shokolad ham kayfiyatni ko‘taruvchi mahsulotlardan biri sifatida tilga olinadi. Mutaxassislarga ko‘ra, me’yorida iste’mol qilingan qora shokolad organizmda “baxt gormoni” deb ataluvchi serotonin ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!