To‘g‘ri nonushta – kun davomida yaxshi kayfiyat, quvvat va eng asosiysi mustahkam immunitet garovi.
Ideal nonushtada qanday ichimlikni ichish salomatlik uchun ko‘proq foydali bo‘ladi? Shifokor- parhezshunos, endokrinolog Mariya Navitskaya bu borada o‘z tavsiyalarini keltirib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Belarus ma’lum qildi.
Shifokorning aytishicha, nonushta vaqtida bir finjon qahva ichish zararli emas. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, eruvchan emas, balki tabiiy yanchilgan qahvani me’yorda iste’mol qilish hech qanday qon bosimi oshishi yoki yurak-qon tomir kasalliklarining boshqa turlariga olib kelmaydi.
Albatta, ushbu tetiklantiruvchi ichimlikni iste’mol qilish uchun yaxshilab nonushta qilish zarur. Chunki, och qoringa ichilgan qahva oshqozon shilliq qavatini shikastlantirish mumkin. Ko‘k choy bilan ham shunday ehtiyot bo‘lish zarur.
“Faqat shakar choy yoki qahva bilan nonushta qilish umuman mumkin emas. Chunki aldamchi to‘qlik va tetiklik hissi tez o‘tib ketadi va bundan so‘ng quvvat yo‘qoladi”, - deydi Mariya Navitskaya.
Choy yoki qahvaga nima qo‘shish foydali?
"Choy va qahva sog‘lom ichimliklardir. Ularda flavonoidlar va alkaloidlar – yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi erkin radikallar uchun tuzoq vazifasini o‘taydigan, hujayra membranalarini himoya qiluvchi moddalar mavjud. Eng muhimi, ushbu ichimliklarni o‘ta issiq holda ichmaslik kerak. Ya’ni ularning harorati 65-70 darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak, aks holda ular qizilo‘ngach saratonini keltirib chiqarishi mumkin", deydi shifokor-diyetolog va gastroenterolog Margarita Arzumanyan.
Ba’zi qo‘shimcha mahsulotlar choy va qahvani yanada foydali qiladi va immunitet tizimiga ijobiy ta’sir qiladi.
"Choy va qahvaning antioksidant xususiyatlarini oshiradigan qo‘shimchalar zanjabil, dolchin, kardamon, apelsin qobig‘i kabi ziravorlardir. Ozgina qalampir qo‘shish ham mumkin. Bu ichimliklarni yanada sog‘lom, iliq qiladi va siz sinergiyaga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, qo‘shimchalar odatdagi ichimlikka yangi ta’m bag‘ishlaydi”, deb tushuntirdi Margarita Arzumanyan.
Ammo shifokor choy yoki qahvaga asal qo‘shishni tavsiya etmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qoshiq asalni choy yoki qahvadan oldin iste’mol qilish foydaoiroq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?