date

Inson kapitali va milliy qadriyatlar

Inson kapitali va milliy qadriyatlar

Faxriddin Joniev, Toshkent To‘qimachilik va
yengil sanoati instituti “Ijtimoiy fanlar”
kafedrasi katta o‘qituvchisi


Insonni ulug‘laydigan, uning sha’nini ko‘taradigan omillar bu, – asrlar osha yashab kelayotgan o‘lmas qadriyatlar sanaladi. Ular hayotga mazmun baxsh etadi, ma’naviyatni yuksaltiradi va jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi.
Albatta davrlar silsilasida qadriyatlar shakli, xillari ma’lum bir ma’noda o‘zgarib turishi mumkin. Lekin shaklu-shamoyilini ham, mazmun-mohiyati va qadr-qimmatini o‘zgartirmaydigan qadriyatlar borki, ular mangulikka daxldordir. Ta’lim, bilim va umuman ilm-fan insoniyat uchun eng zarur qadriyatlar sirasiga kiradi.

Bilim hech bir boylikka sotib olinmaydigan, faqat o‘rganish, intilish orqasidan keladigan katta xazina. Axborot va texnika asrida ta’lim, ilm-fan taraqqiyoti yanada katta qiymat kasb etmoqda. Endilikda bilim, ta’lim qiymati “inson kapitali” atamasi bilan atalib kelinadi. Shu vaqtga qadar adabiyotlarda inson kapitali tushunchasi asosan biryoqlama, ya’ni inson kapitali insonning o‘ziga bevosita keladigan foyda yoki shaxsni ijtimoiy himoyalash imkoniyati sifatida tushinib kelindi. Inson kapitali orqali faqat birgina insonning o‘ziga emas, balki boshqalarga ham naf keltirishi mumkin. Bu esa, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshirilishi zarur.

Axborot va innovasion texnologiyalar davrida bilim va tajribali, malakali insonning kuchiga bo‘lgan talab katta tezlikda yuqorilab ketdi. Chunki dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy, texnologik yangiliklarni ana shunday ilm salohiyati baland insonlar yaratadi. Ayni paytda har qanday yangilikni, kashfiyot yoki ixtironi inson manfaatlari, taraqqiyoti yo‘lida foydalanmoq kerak. Aks holda u inqirozga olib borishi hech gap emas. Bu borada qadriyatlar muhim o‘rin egallaydi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar nafaqat shaxs shakllanishiga, shuningdek, jamiyatda zamonaviy ta’lim sifatiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga va ularni qadrlash hamda kelajak avlodga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bois iqtisod va ijtimoiy sohada, jamiyatning ma’naviy-axloqiy yangilanishida muhim yutuqlarga erishdi. Natijada, jamiyatda yangi ijtimoiy muhit, yangi ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga asoslangan inson kapitali shakllandi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, mamlakatimizda nafaqat yosh avlodning bilim olishi, kasb-hunar o‘rganib malaka orttirish, jahon taraqqiyoti bilan hamqadam bo‘la olishi barobarida inson kapitalini rivojlantirish uchun keng imkoniyat va shart-sharoit yaratilagan.

Ta’lim — ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida bugungi kunda jamiyatdagi, umuman jahon tamadduni qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonida inson kapitalining rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Shuning uchun ta’lim va bilish faoliyati, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashtirish uyg‘unlashuviga aylanib bormoqda.
Ta’lim tizimiga, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosiga ham qadriyatlarni shakllantirish singdirilgan. Ta’lim maqsadi — har bir shaxs, jamiyatni rivojlantirish va global miqyosda moddiy, madaniy, ma’naviy qadriyatlarni saqlash hamda rivojlantirishdir. Mustaqil va erkin fikrlovchi shaxsni, vatanparvarlik, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq fuqaro, malakali mutaxassisni shakllantirish uchun shart-sharoitni ta’minlash talab etiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ishtirok eta oladigan, mamlakat, oila taqdiriga mas’ul shaxsni shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish — kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning asosiy ustuvor tomonlaridir.

Ta’limda va mustaqil amalga oshiriladigan o‘rganishda malaka oshiriladi, bilim orttiriladi. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashda umum e’tirof etilgan qadriyatlar qabul qilinadi va ishlab chiqiladi.
Keng ma’noda tarbiya — bu, maxsus tashkil qilingan, shaxsni rivojlantirish uchun avloddan-avlodga ijtimoiy tarbiya tajribasini etkazish jarayonidir. Tor ma’noda esa, tarbiya — bu katta yoshdagilarning bolalarni jamiyat hayotining aniq bir vaziyatiga kiritish, uning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatdir.
Insonning o‘ziga xosligi irsiy qobiliyatlar asosida tarbiya jarayonida va ayni paytda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarida shakllanadi.

Ta’lim jarayonlari orqali “inson kapitali” – ya’ni bilim darajasi, malakasini shakllantirish, undan oqilona foydalanish mumkin. Ayni paytda taraqqiyotga, rivojlanishga turtki bo‘ladigan ana shu yuksak bilim, malaka, zakovatni faqat ezgu yo‘lda foydalanishda insoniy qadriyatlar o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bilim olish, kasb-hunar egallash, uni yosh avlodga o‘rgatish, faqat tinchlik, taraqqiyot yo‘lida foydalanishda milliy qadriyatlarimiz ishonchli, mustahkam zamin bo‘la oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Inson kapitali va milliy qadriyatlar

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari