Gastroenterolog Tatyana Nemalsevaning ta’kidlashicha, sut oqsiliga allergiyasi bo‘lgan odamlarga muzqaymoqdan voz kechish, laktaza yetishmovchiligi (laktoza - sut shakarini parchalash fermenti) bo‘lsa, mahsulotni juda cheklangan miqdorda ishlatish tavsiya etiladi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.
Bundan tashqari, u diabet, uglevod almashinuvi buzilishi va pankreatitda muzqaymoqni taomnomadan chiqarib tashlashni maslahat beradi. Semirishga yo‘liqqan va ortiqcha vaznli odamlar ham muzqaymoq iste’mol qilmasliklari kerak. Chunki u kaloriyali.
«Muzqaymoq juda yuqori kaloriyali mahsulot bo‘lib, 100 gramm uchun taxminan 200-300 kkal mavjud va uning tarkibida ko‘p miqdorda uglevodlar va yog‘lar bor, bu oshqozon osti bezi uchun nomaqbul yukdir, chunki u insulin va fermentlarni intensiv ishlab chiqarishi kerak. Meva muzining kaloriyasi kamroq va agar u asosan tabiiy ingrediyentlardan iborat bo‘lsa, bu mahsulotni iste’mol qilish mumkin», dedi ekspert.
Bundan tashqari, shifokor muzqaymoq tarkibiga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Haqiqiy muzqaymoq tarkibida o‘simlik yog‘lari (palma, kokos yog‘i va boshqalar) va sut o‘rnini bosuvchilar bo‘lishi mumkin emas.
«Agar ushbu mahsulotlar muzqaymoq ishlab chiqarishda ishlatilgan bo‘lsa, unda «muzqaymoq» deb ataladigan narsa standart bo‘yicha tayyorlanmagan va ishlab chiqaruvchi bunday mahsulotni muzqaymoq deb atashga haqli emas», deydi u.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring