22:46 / 26.07.2023
171

Uyquga to‘yib uyg‘onishingizga xalal beradigan tonggi odatlar

Uyquga to‘yib uyg‘onishingizga xalal beradigan tonggi odatlar

Foto: Google Images

Uyqu — kayfiyat va salomatlik uchun juda muhimdir. Shu bilan birga ko‘pchilik ish kunlarida yetarlicha uxlamaydi. Sabablar — turli yumushlar, dam olish uchun vaqt yo‘qligi, bolalar va noqulay muhit. Ammo ba’zida charchagan holda uyg‘onamiz, hatto, yetti soat davomida uxlagan bo‘lsak ham. Ekspertlar yana qanday sabablarga ko‘ra uxlamasligimiz borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Kofeinning yuqori miqdori

Kechqurun ichilgan kofe tungi uyquga putur yetkazishi ma’lum. Agar kunning yarmida juda ko‘p miqdorda kofe ichsangiz, bu sizning umumiy holatingizga ta’sir qilishi mumkin. Ammo hattoki, ertalabki kofe ham sizni uyqudan mahrum qila oladi: kofein 15 daqiqadan so‘ng qon bilan aylanishni boshlaydi, bir soatda esa konsentratsiya cho‘qqisiga chiqadi, olti soatdan keyin esa yarmiga tushadi! Faqat 10 soatdan keyingina organizm uxlashga tayyor bo‘ladi va yana qahva ichib qo‘ymagan bo‘lsangiz, albatta. Norma 400 mikrogramm kofein, bu to‘rtta ekspresso yoki (taxminan) ikki dona energetik ichimlikka tengdir.

Turli vaqtda uyg‘onish

Uxlash uchun qo‘shimcha vaqtning bo‘lgani yaxshi. Ammo bitta muammo mavjud: qancha kech uyg‘onsangiz, shuncha kech uyquga yotasiz. Masalan, yakshanba kuni kech uyg‘onib, kech uyquga yotasiz, dushanba kuni vaqtli turishingiz kerak. Tabiiyki, yetarlicha uxlamaysiz. Agar sizning ijtimoiy ritmingiz biologik soatingiz sirkad ritmiga mos kelmasa va uyg‘onish vaqti siklning o‘rtasiga tushadi. Bu kasalliklarni va depressiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Yorug‘lik yetishmasligi

Foto: Google Images

Hayotingizda tabiiy yorug‘lik yetarli bo‘lmasa, doimiy ravishda o‘zingizni horg‘in his qilasiz. Ertalab, uyg‘onasiz, uy hali ham qorong‘i; ishda kunni derazasiz xonada o‘tkazasiz; uyga borganingizda, allaqachon qorong‘i tushib bo‘lgan bo‘ladi. Ammo organizm sirkad ritmlarini quyosh nuriga qarab o‘rnatadi. Agar quyosh chiqishi bilan turishning iloji bo‘lmasa, tongga taqlid qilishni boshlashga harakat qiling. Organizmning quyosh nuri bilan erta uyg‘onishi kechqurungi uyqusizlikka barham beradi.

Ishlar ro‘yxatini tuzmaslik

To‘shakka yotishingiz bilan qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar miyada g‘ujg‘on o‘ynay boshlaydi. Bunday chalkash fikrlar tezda uxlab qolishga xalaqit beradi. Buning oldini olish uchun kelgusida qilishingiz kerak bo‘lgan yumushlarni ertalabki vaqtlarda qog‘ozga yoki telefoningizdagi maxsus ilovaga yozib qo‘ying. Faqat bajariladigan ishlar 3 tadan oshmasligi kerak.

Telefonga berilib ketish

Bilamizki, kunni ekranning zangori nuri bilan yakunlash foydali emas. Ammo kunni smartfon bilan boshlash ham zararli, deydi olimlar. Agar kunni smartfon bilan boshlasangiz, siz ko‘radigan birinchi narsa — bu xavotirli yangiliklar, hamkorning “Gaplashib olsak bo‘ladimi?” yoki mijozdan o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar va hokazo. Haqiqatan ham kerak bo‘lgandagina — ish vaqtida, agar ishingiz unga bog‘liq bo‘lsa yoki ajratilgan tanaffuslarda smartfonni qo‘lga oling.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyquga to‘yib uyg‘onishingizga xalal beradigan tonggi odatlar