21:10 / 30.08.2023
128

Shifokorlar ogohlantirdi: tuzni kamroq iste’mol qiling!

Shifokorlar ogohlantirdi: tuzni kamroq iste’mol qiling!

Tuzsiz diyeta yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini 20 foizga kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Kyongpuk universiteti olimlari Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotdan so‘ng ma’lum qilishdi.

Mualliflar Buyuk Britaniyadagi 500 000 kishining salomatlik holati va odatlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Natijada, ular ovqatga tuz qo‘shmagan odamlarda arterial fibrillyatsiya va boshqa yurak kasalliklari boshqalarga qaraganda 18 foizga kamroq ekanligini aniqladilar. Vaqti-vaqti bilan tuzni iste’mol qiladiganlar uchun xavf 15 foizga kam bo‘lgan.

«Ushbu tadqiqot kuniga olti grammdan ko‘p bo‘lmagan tuz - taxminan bir choy qoshiq iste’mol qilish tavsiyasiga amal qilish barchamizga foyda keltirishi mumkinligi haqida foydali eslatma», dedi Britaniya yurak jamg‘armasi professori Jeyms Leyper.

Arterial fibrillyatsiya  - bu tartibsiz va g‘ayritabiiy tez yurak urishiga olib keladigan kasallik. Ushbu kasallikka chalingan odamlar bosh aylanishi, nafas qisilishi va charchoqdan shikoyat qiladilar. Uzoq muddatda ular insultga chalinish ehtimoli besh baravar yuqori.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokorlar ogohlantirdi: tuzni kamroq iste’mol qiling!