Chaqaloq uchun soska (so‘rg‘ich) haqida turli fikrlar mavjud. Kimdir uning foydasini ta’kidlasa, boshqalar zararini ko‘proq tilga oladi. Ammo tibbiyotda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar soskaning ayrim afzalliklarini tasdiqlagan.
Foydasi:
-
Soska chaqaloqning tabiiy so‘rish ehtiyojini qondirib, uni tinchlantiradi.
-
Uyquga yotqizish osonroq bo‘ladi, bu esa ona uchun ham yengillik yaratadi.
-
Tadqiqotlarga ko‘ra, soskadan foydalanish chaqaloqlarda tuzalmas to‘satdan o‘lim sindromi (SIDS) xavfini kamaytiradi.
-
Stress va og‘riqni kamaytiradi (masalan, vrach ko‘rigidan o‘tayotganda).
E’tiborli jihatlar:
-
Soskadan uzoq muddat foydalanish tishlar shakllanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
-
Oziqlantirish ona suti bilan yo‘lga qo‘yilgandan keyingina soska berish tavsiya etiladi. Aks holda, chaqaloqning to‘g‘ri emizish uslubiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
-
Soska har doim toza saqlanishi shart
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, soska to‘g‘ri vaqtda va me’yorda ishlatilsa, chaqaloq uchun ham, ota-ona uchun ham yordamchi vosita bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!