
Novvot — bolalikning eng shirin esdaliklaridan biri. Ayniqsa choyga tashlab eritilgan novvotning lazzati ko‘pchilik uchun tanish. Ammo bu shirinlikning foydali va salbiy tomonlari haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak.
Foydali tomonlari:
- Novvot tarkibidagi tabiiy glyukoza organizmga darhol quvvat bag‘ishlaydi, charchoqni chiqaradi.
- Shamollaganda, yo‘tal bosganda issiq choyga solib ichsangiz, tomoqni yumshatadi.
- Shirinlik miya faoliyatini rag‘batlantirib, baxt gormoni — serotonin ajralishiga yordam beradi. Qayg‘uga cho‘mgan odamga novvotli choy tutqazsangiz, kayfiyati ko‘tarilib ketadi.
Salbiy tomonlari:
- Novvotning kaloriyasi yuqori, ko‘p iste’mol qilish vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.
- Qand miqdori yuqori bo‘lgani uchun diabetga moyil insonlarga mutlaqo tavsiya etilmaydi.
- Tishlar uchun ham zarar. Ko‘p yeyilganda kariyes chaqirishi mumkin.
Novvot — me’yorida iste’mol qilinganda foydali, ammo haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun xavfli. Shirinlikdan zavqlanib, lekin me’yorni unutmaslik eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.