Ozarbayjonda 2025 yil iyul oyidan boshlab to‘ylar soni keskin kamaygani qayd etildi. Masalan, iyun oyida 5 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan bo‘lsa, iyulda bu ko‘rsatkich 2 694 taga tushib ketgan. Mutaxassislar bu holatni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni qonun bilan taqiqlash bilan bog‘lashmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun 2025 yil 1 iyuldan kuchga kirgan. Yangi tartibga asosan, umumiy bobo yoki buviga ega bo‘lgan aka-uka va opa-singil farzandlari, shuningdek, biologik jihatdan qarindosh bo‘lgan amakivachchalar va xolavachchalar o‘rtasida nikoh to‘liq man etildi.
Bu qarorning asosiy maqsadi genetik nuqsonlar bilan tug‘iladigan bolalar sonini kamaytirish va sog‘lom avlodni ta’minlashdir. Tibbiy mutaxassislar ta’kidlashicha, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ko‘p hollarda turli irsiy kasalliklarni keltirib chiqaradi, bu esa kelajak avlod sog‘lig‘iga jiddiy xavf soladi.
Ozarbayjon Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda 12 146 ta ajrim holati qayd etilgan. Biroq bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan biroz pasaygan. Har 1 000 kishi hisobiga ajrimlar darajasi 2,1 dan 2,0 ga tushgani kuzatilgan.
Yangi qonunga muvofiq, nikoh tuzish uchun ariza topshirayotgan barcha shaxslar qarindoshlik darajasini aniqlash maqsadida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ota-onalari haqidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart. Agar qoidabuzarlik holatlari aniqlansa, bunaqa harakatlar uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan.
Ozarbayjonda qarindoshlar nikohi qonun bilan man etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar