1. Qo‘llaringizni yuving!
Bu qoida hammaga ma’lum. Qo‘lingizni yuvishning iloji bo‘lmasa, albatta nam salfetka bilan bo‘lsa-da arting. Viruslar tashqi muhitda bir necha soat yoki kun yashashi mumkinligini unutmang.
2. Ko‘proq sayr qiling!
Xonani tez-tez shamollatib turing. Ko‘proq vaqtingizni toza havoda o‘tkazishga harakat qiling. Xona havosi o‘zgartirilmasa, undagi mikroblar miqdori oshib boraveradi. Uy issiqligi — kasallikdan muhofaza, degani emas. Issiq xonada burun shilliq pardalari quruqlashadi va organizmga virus tushishi osonlashadi.
3. Ertalabki badantarbiya
Ertalab albatta faol harakatlar qiling va chuqur-chuqur nafas oling. Nafas olish natijasida qonga kislorod tushishi osonlashadi va modda almashinuvi yaxshilanadi. Organizmning viruslarga qarshilik ko‘rsatishini ko‘chaytiradi.
4. Sigareta tutunidan nafas olmang!
Bolalar ham sigareta tutunidan nafas olishlariga yo‘l qo‘ymang. Bunday tutun burun shilliq pardalarini quritib, organizmdan viruslarni haydab chiqarishga yordam beradigan nafas yo‘llaridagi mitti tukchalar harakatini to‘xtatadi.
5. Hordiq
Kuniga hech bo‘lmaganda yarim soatga o‘zingizga dam bering, o‘zingiz uchun yoqimli ish bilan shug‘ullaning. Ijobiy hissiyotlar natijasida organizmimizni viruslardan muhofaza qiluvchi immun tizimi faollashadi.
6. Atrofingizdagilarni unutmang!
Yo‘talganda yoki aksirganda og‘zingizni ro‘molcha bilan bekiting. Biroz shamollagan bo‘lsangiz ham, maxsus doka niqob taqib yurishni kanda qilmang. Bu kabi infeksion kasalliklar havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yo‘talganda yoki aksirganda virus 10 metr uzoqlikka ham etib borishi mumkin.
7. Ko‘proq suyuqlik iching!
Organizmni toksinlardan tozalash uchun kuniga 2 litr suyuqlik ichish lozim. Suyuqlik tanani namlik bilan ta’minlaydi va sog‘ayishga halal berayotgan toksinlarni haydaydi.
8. Vitaminlar qabul qiling!
Kuz va bahor mavsumida vitaminlar qabul qilish bilan birgalikda, meva-sabzavotlardan ko‘proq eng. Qizil, sariq rangli sabzavot va mevalar viruslarning dushmani bo‘lgan S vitaminiga boy.
9. Hammom
Bug‘li hammomda 80 darajali haroratda shamollash viruslari nobud bo‘ladi.
10. Qatiq iching!
Kuniga bir stakan qatiq iching. Bu shamollash kasalliklariga chalinish xavfini 25 foizga kamaytiradi. Qatiq tarkibidagi foydali bakteriyalar infeksiyalarga qarshi kurashuvchi moddalarni ishlab chiqaradi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi