Yangiyo‘llik yigit arzon iPhone bahonasida odamlarni aldagani fosh bo‘ldi

1 daqiqa o'qish125
Yangiyo‘llik yigit arzon iPhone bahonasida odamlarni aldagani fosh bo‘ldi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro (initsiali I.Yu.) arzon iPhone sotish bahonasida odamlarni aldab kelgani fosh bo‘ldi, deb xabar berdi Tashkent Today.

Tergovga ko‘ra, u OLX platformasida soxta e’lonlar joylashtirgan va Telegram’da ayollar ismlarida 10 ga yaqin soxta akkaunt ochgan. U turli shaxslar nomidan chiqib, odamlardan arzon iPhone sotish bahonasida oldindan to‘lov olgan va keyin aloqani uzgan.

Uning ushbu usul bilan Nurafshon, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Buka, Qibray va Toshkent tumanlarida sakkizta o‘xshash jinoyat sodir etgani aniqlangan. Jabrlanuvchilar oddiy odamlar bo‘lib, arzon gadjet olish niyatida bo‘lgan. Yetkazilgan zarar esa katta miqdorda deb baholanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" va "g" bandlari (takroran yoki elektron vositalar orqali amalga oshirilgan yirik miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?