Farzandlar bilan yaqinlikni oshirishning yangi usuli

1 daqiqa o'qish226
Farzandlar bilan yaqinlikni oshirishning yangi usuli

Farzandlar bilan yaqinlikni oshirishning yangi usuli
Gollandiyaning Amsterdam universiteti olimlari farzandlar va ota-onalar o‘rtasidagi yaqinlikni oshirish bo‘yicha qiziqarli tadqiqot o‘tkazdi. Ular maxsus tuzilgan savollar orqali qisqa suhbatlar bolalarning o‘zlarini ko‘proq sevilgan va qadrlangan his etishlariga yordam berishini aniqladi. Mutaxassislarning fikricha, bu usul oilaviy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqotda 8–13 yoshdagi bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Ota-onalardan farzandlariga “Qayerga sayohat qilishni xohlaysan?”, “Hayotingdagi eng g‘alati voqea?” kabi savollar berish so‘raldi. Suhbat atigi to‘qqiz daqiqa davom etdi, biroq natijada bolalar o‘zlarini oldingiga nisbatan ko‘proq mehr va e’tibor ostida ekanini his qildi.

Olimlar bu holatni “ochiqlik orqali yaqinlik” deb ataydi. Ya’ni inson o‘z fikr va his-tuyg‘ularini boshqalar bilan bo‘lishganida, ular o‘rtasida ishonch va samimiyat kuchayadi. Shuning uchun ota-onalarning farzandlari bilan shunday savollar asosida suhbat qurishi bolada o‘zini tinglanayotgan va qadrlanayotganini his ettiradi.

Mutaxassislar kuzatuv jarayonida ko‘plab oilalar ilgari bu kabi chuqur mavzular haqida suhbatlashmaganini aniqladi. Odatda ota-onalar farzandlar bilan faqat o‘qish, o‘yin yoki kundalik mavzularni muhokama qiladi. Ammo shunday samimiy suhbatlar orqali ular bolalarning ichki dunyosini yaxshiroq tushunishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?