date

Qaysi hollarda nikoh haqiqiy emas deb hisoblanadi?

Qaysi hollarda nikoh haqiqiy emas deb hisoblanadi?

Oila kodeksiga muvofiq, ayrim sharoitlarda nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Ya’ni, agar nikoh ixtiyoriylik tamoyiliga zid holda tuzilgan bo‘lsa, u sud orqali haqiqiy emas deb e’tirof etiladi.

Qonunga ko‘ra, nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb hisoblanadi:

— agar nikohlanuvchi shaxslardan biri yoki ikkalasi nikohga majbur qilingan bo‘lsa;

— nikoh yoshiga rioya etilmagan hollarda (erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan, ammo ayrim o‘zgacha holatlarda — homiladorlik, farzand tug‘ilishi yoki emansipatsiya holatida hokim qaror bilan yoshni ko‘pi bilan bir yilga qisqartirishi mumkin);

— agar nikohdan o‘tayotganlardan biri avvaldan ro‘yxatda turgan boshqa nikohda bo‘lsa;

— qarindoshlik munosabati juda yaqin bo‘lsa (masalan, tug‘ishgan yoki o‘gay aka-uka, opa-singil, farzandlikka olganlar va farzandlikka olinganlar o‘rtasida);

— agar nikoh ishtirokchilaridan biri ruhiy kasallik yoki aqliy zaiflik tufayli sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;

— soxta nikoh holatida, ya’ni nikoh oila qurish niyatisiz, faqat rasmiy ro‘yxat uchun tuzilgan bo‘lsa;

— nikohlanuvchilardan biri tanosil yoki OIV kasalligini ikkinchisidan yashirgan taqdirda, jabrlangan tomon sudga murojaat qilsa.

Shuni ta’kidlash joizki, nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud qarorisiz amalga oshirilmaydi — bu faqat qonuniy sud tartibida hal etiladi.

Bunday holatlar oilaviy munosabatlarda adolat va sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilgan huquqiy kafolatlardan biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Qaysi hollarda nikoh haqiqiy emas deb hisoblanadi?