16:20 / 25.09.2024
142

Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari

Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Tabiat ne’matlarida barcha kasalliklarning davosi mujassam. Ular orasida eng keng tarqalgani va e’tibor qozongani — olma. Bu meva antioksidantlarga boy bo‘lib, yurak, oshqozon, ichak faoliyati, tish va milklar salomatligini yaxshilashga yordam beradi, Alsgeymer kasalligi, o‘pka va yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Foto: “Noviy ochag”
Olmaning yuzlab foydali tomonlariga qaramay, meva barcha uchun birdek foydali bo‘lmasligi mumkin. Diyetolog Janna Tixanicheva qanday hollarda olma iste’moli sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini tushuntirib berdi.

Olma daraxtini parvarish qilish vaqtida ko‘pincha zararli hasharotlardan saqlash va kasalliklardan himoya qilish uchun unga pestitsidlar purkaladi. Meva po‘stlog‘ida qolgan zararli kimyoviy moddalar iste’mol vaqtida organizmga tushishi mumkin. Buning oldini olish uchun parhezshunoslar organik jihatdan toza olmalarni xarid qilishni va yeyishdan oldin mevalarni yaxshilab yuvib tashlashni tavsiya qiladi.

Olmani qand kasalligiga chalingan bemorlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi lozim, chunki shirin olma tarkibida katta miqdorda fruktoza mavjud bo‘lib, u qondagi shakar miqdorini oshirib yuborishi mumkin. Buning oldini olish uchun diabetik insonlar shirin bo‘lmagan, nordon navdagi olmani kunning birinchi yarmida va bir dona iste’mol qilishi kerak.

Foto: “Noviy ochag”
Ushbu meva tarkibidagi oqsil allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atishi ehtimoli mavjud. Ushbu moddaga organizmi sezgir bo‘lgan insonlarda qichishish, shishlar va hatto anafilaktik shok kuzatilishi mumkin. Bunday holda olma iste’moli cheklanishi va shifokor bilan maslahatlashish kerak bo‘ladi.

Olma ovqat hazm qilish tizimini yaxshilasa ham, uning ortiqcha miqdori qorin dam bo‘lishi va ichaklarda noqulayliklar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli sog‘lom odamga kuniga 1-2 dona olma iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bolalar esa kuniga faqat bitta olmani qismlarga bo‘lib yeyishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, olma yaxshi hazm bo‘lishi uchun uning po‘stini archish yoki pishirish ham foydalidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari