date

Olimpiakos murabbiyi: "Realni magʻlub etishimiz mumkin edi"


Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasi Madridning "Real" klubiga 3:4 hisobida magʻlub boʻldi. Ushbu oʻyindan soʻng mezbonlar murabbiyi Xose Luis Mendilibar oʻz fikrlarini bildirdi.

"Jamoa uchrashuvni yaxshi boshladi. Yakuniy hisob 4:3 boʻlib, "Olimpiakos" foydasiga hal boʻlishi mumkin edi.

Biz ajoyib birinchi golni urdik, biroq "Real"ning javob goli bizni hayratda qoldirdi. Jamoa oxirigacha kurashdi.

Bahs yakunida raqib himoyalanishga majbur boʻldi, bu esa bizning harakatlarimiz qanchalik samarali boʻlganini isbotlaydi", - dedi uefa.comga bergan intervyusida murabbiy. Grek klubi hisobida hozircha atigi ikki ochko mavjud boʻlib, ular Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 33-oʻrinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Olimpiakos murabbiyi: "Realni magʻlub etishimiz mumkin edi"