date

"Liverpul" Arne Slot bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi

"Liverpul" Arne Slot bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi

“Liverpul” rahbariyati jamoa so‘nggi haftalardagi og‘ir natijalarga qaramasdan, bosh murabbiy Arne Slotga ishonch bildirishda davom etayotgani ma’lum qilindi. “Daily Mail” yozganiga ko‘ra, klub egalari niderlandiyalik mutaxassis bilan suhbat o‘tkazib, unga bunyodkorlik bilan ishini davom ettirishi uchun to‘liq qo‘llov bildirgan.

Mersisayd jamoasi kecha Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida PSVga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani muxlislarni tashvishga solgan edi. Bundan tashqari, “qizillar” oxirgi 12 bellashuvning 9 tasida yutqazib, jiddiy inqirozga yuz tutdi.

Shunga qaramasdan, klub rahbariyati Slotni iste’foga chiqarish niyatida emas. Ular o‘tgan mavsumda “Liverpul” aynan Arne Slot boshchiligida Angliya Premer-ligasida cho‘qqini zabt etganini, murabbiyga ishonish uchun asoslar yetarli ekanini ta’kidlamoqda.

Ayni vaqtda “qizillar” 12 turdan so‘ng APL jadvalida faqat 12-pog‘onada bormoqda. Muxlislar esa jamoa yana tiklanib, Slot boshchiligida talab etilgan natijalarni qaytarishiga umid qilmoqda.

“Enfild”dagi bu qaror hozirgi vaziyatda barqarorlikni saqlash va jamoaning ichki muhitini tinch holatda ushlab turishga qaratilganini ko‘rsatib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" Arne Slot bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi