Shirin, xushbo‘y va og‘izda erib ketadigan nokning besh mingdan ortiq navlari bo‘lib, mazali meva bo‘libgina qolmasdan, talaygina shifobaxsh xususiyatlarga ham ega. Kuz va qish oylarida nok o‘simlik tolasi va ozuqaviy moddalarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondiradi.
Foto: Getty Images
Nok ovqat hazm qilish tizimini va qondagi shakar miqdorini tartibga soladi, uning po‘stidagi antioksidantlar surunkali kasalliklar bilan bog‘liq yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Ushbu mavsumiy meva tarkibida B2, C, E vitaminlari, mis, kaliy kabi mikroelementlar va pektin mavjud. Qiziqarlisi, nokdagi pektinlar miqdori olmanikidan ko‘proqdir.
Nokning salomatlik uchun foydalari:
Ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi
Nokdagi eruvchan va erimaydigan o‘simlik tolalar mavjud, kunlik ehtiyojning taxminan 20% ni o‘z ichiga oladi. Ular hazm tizimida ishtirok etadi, qabziyatning oladi va davolaydi. Shuningdek, mazkur meva ichak mikrobiomasining rivojlanishiga yordam beradi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va ruhiy salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qandli kasalligi xavfini kamaytiradi
200 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan meta tahlil natijalariga ko‘ra, muntazam olma va nok iste’moli 2-toifali qand kasalligi rivojlanish xavfini 18% ga kamaytiradi. Haftada bir marta olma yoki nok yeyish 2-toifa diabet xavfini 3% ga kamaytiradi. Bunga sabab nok tarkibidagi flavonoid antioksidantidir.
Yallig‘lanishning oldini oladi
Nok po‘stlog‘ida antioksidant va yallig‘lanishga qarshi birikmalar, jumladan, fenol kislotalar, flavonoidlar va triterpenlar mavjud. Ular erkin radikallarni zararsizlantiradi, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, Alsgeymer , Parkinson kabi kasalliklar bilan bog‘liq yallig‘lanishning oldini oladi.
Yurak-qon tomir tizimini yaxshilaydi
2019 yilgi kardiometabolik tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga ikkita nok iste’mol qilganlar bir xil kaloriyali ichimlik ichganlarga qaraganda yaxshiroq natija bergan. Ishtirokchilar orasida metabolik sindromi mavjud, 2-toifa qand kasalligi va yurak-qon tomir xastaliklariga chalingan o‘rta va katta yoshli insonlar bo‘lgan.
Nokning ozuqaviy qiymat yuqoridir
Foto: Adobe iStock
Nok tarkibida uglevodlar, o‘simlik tolalari, vitaminlar va minerallar serob. AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) ma’lumotlariga ko‘ra, bitta o‘rtacha kattalikdagi nokning (178 gramm) ozuqaviy qiymati quyidagicha:
- kaloriyalar: 101
- yog‘: 0,25 gramm
- natriy: 1,78 milligramm
- uglevodlar: 27,1 gramm
- o‘simlik tolasi: 5,52 gramm (kunlik normaning 20%)
- qo‘shilgan shakar: 0 gramm
- oqsil: 0,64 gramm
- mis: 0,15 milligramm (kunlik normaning 16%)
Nokda eng ko‘p uchraydigan mikroelement mis bo‘lib, u energiya ishlab chiqarish, temir almashinuvida ishtirok etadigan turli fermentlar uchun muhimdir.
Qanday hollarda nok iste’mol qilish mumkin emas?
Umuman olganda nok xavfsiz meva, ammo bir nechta istisno holatlar mavjud: Nokda ko‘p kislota va o‘simlik tolalari mavjudligi tufayli ovqat hazm qilish buzilishi, diareya, qorin dam bo‘lishi mumkin. Quyidagi holatlarda bir kunda faqat 1-2 dona iste’mol qilishga ruxsat etiladi:
- oshqozon-ichak kasalliklarida;
- ovqat yeb bo‘lgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin;
- suv yoki sut ichib bo‘lgandan bir necha soatdan so‘ng.
Shuningdek, nokka allergiyasi borlar va oshqozon yarasidan aziyat chekuvchilarga nokni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»