13:00 / 04.11.2024
61

Har kuni suli yormasi iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Har kuni suli yormasi iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Diyetologlar va parhez tutuvchi insonlar orasida ancha mashhur bo‘lgan suli yormasi o‘zining ozuqaviy xususiyatlari, foydali makro va mikroelementlari miqdori bilan superfudlardan kam emas. Uning tarkibida marganes, fosfor, magniy va temir kabi muhim moddalar ko‘p bo‘lgani sababli foydali nonushta hisoblanadi.

Foto: Eating well
Quyida suli yormasini har kuni iste’mol qilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi haqida ma’lumot beramiz.

Suli yormasining 12 ta asosiy foydasi:
- O‘simlik tolalariga boy, yurak va ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali;
- Uzoq vaqtga to‘yinganlik hissini beradi va ochlik hissini nazorat qiladi;
- Vazn yo‘qotishga yordam beradi;
- Zararli xolesterin darajasini pasaytiradi;
- Ichak va hazm qilish tizimi salomatligini yaxshilaydi;
- Qondagi shakar miqdorini tartibga soladi;
- O‘zidagi fitokimyoviy moddalar tufayli ichak mikrobiomi mustahkamlanadi;
- Beta-glyukan moddasi yordamida yurak faoliyatini yaxshilaydi;
- Oqsil manbai hisoblanadi;
- Marganes, magniy, temir va fosfor kabi muhim mikroelementlarni o‘z ichiga oladi;
- Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega;
- Autoimmun va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi.

Suli yormasining salomatlikka ta’siri

Foto: Healthline
Suli yormasi hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi, uning ta’sirida qondagi qand miqdori barqarorlashadi. Shu sababli qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun undan tayyorlangan taomlar foydali bo‘ladi.

Sulidagi beta-glyukan va kraxmal ichaklar salomatligini tiklaydi, yallig‘lanishni kamaytiradi, ortiqcha vazn va metabolizm bilan bog‘liq kasalliklar xavfini kamaytiradi. Shuningdek, suli yormasi vaznni nazorat qilishga yordam beradi.

Suli yormasining xavfli tomonlari

Pestitsidlar. Suli tarkibida donli mahsulotlarni yetishtirishda keng qo‘llanadigan xlormekvat moddasi qolib ketgan bo‘lishi mumkin, u bolalarda rivojlanish jarayonini buzadi.

Qorin dam bo‘lishi. Avval ushbu mahsulotni iste’mol qilmaganlarda oshqozon dam bo‘lishi kuzatiladi.

Semirish xavfi. Juda ko‘p miqdorda suli yormasi iste’mol qilish yoki unga yuqori kaloriyali mahsulotlarni qo‘shish ortiqcha vaznga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni suli yormasi iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?