
Parfyumeriya — inson shaxsiyati va uslubini namoyon qiluvchi muhim omillardan biri. Ammo har qanday atir ham hamma joyda mos kelavermaydi. Xususan, ofis kabi yopiq va jamoaviy muhitda noto‘g‘ri tanlangan xushbo‘ylik boshqalarga noqulaylik keltirishi, hatto ularning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quyida mutaxassislar fikri va jahon tendensiyalariga asoslangan holda, ish joyida ehtiyot bo‘lib ishlatilishi kerak bo‘lgan 5 ta atirni jamladik.
1. Ziyelinski & Rozen — Black Pepper & Amber, Neroli
Ushbu atir avvallari orom va yangilik uyg‘otgan bo‘lishi mumkin, ammo hozirgi kunda u har ikkinchi insondan sezilib, eksklyuzivligini yo‘qotgan. Kuchli qalampir va ambra notalari ofis muhitida tezda og‘irlik tug‘diradi. Agar uni sepadigan bo‘lsangiz, kam miqdorda va faqat ochiq joylarda qo‘llang.
2. Marc-Antoine Barrois — Ganymede
Elit aromat sifatida tanilgan bo‘lsa-da, Ganymede haqida fikrlar juda qarama-qarshi. Kimgadir u mashinaning charm salonini eslatsa, boshqalar uchun shifoxona hidini (yod va dorilarni) eslatadi. Uni ofisda sepish bosh og‘rig‘i, hatto allergik reaksiyalarga ham sabab bo‘lishi mumkin.
3. Dolce & Gabbana — L'Imperatrice
Bu atir ilk bor 2000 yillarda ommalashgan va hozirgacha o‘z muxlislariga ega. Lekin uning meva notalari, ayniqsa yopiq joyda, tez charchatadi va ko‘pchilik uchun yoqimsiz tuyuladi. Agar atiringiz sababli hamkasbingiz har kuni derazani ochishni iltimos qilsa — sababini anglab yetishingiz mumkin.
4. Tiziana Terenzi — Kirke
Uzoq vaqt saqlanuvchi va hid shleyfi keng bo‘lgan atir. Ofis joyida uning o‘zi emas, balki hidi qolib ketishi muammo. Ba’zi odamlarda hatto bosh aylanishi va holsizlik kabi simptomlarga olib kelishi mumkin. Haqiqiy «xushbo‘y, lekin zararli» misoli.
5. Tom Ford — Tobacco Vanille
Bu atir haqida “hidli qurol” deb ta’rif berishadi. Ilk daqiqalarda xushbo‘y bo‘lib tuyulsa-da, undagi vanil va tamaki notalari tez orada haddan tashqari kuchli bo‘lib, atrofdagilarga yoqmasligi mumkin. Ofisda bunday atirni qo‘llash — hamkasblar bilan munosabatga o‘zingizcha nuqta qo‘yish kabi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!