
9-tur Angliya Premer-ligasida “Chelsi” o‘z maydonida “Sanderlend”ni qabul qildi. “Chelsi” ustunlik qilganiga qaramay, jamoa o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Pedru Netu markazda to‘pni olib, tezda Alehandro Garnachoga uzatma berdi. Garnacho jarima maydoniga yorib kirib, keskin burchakdan darvozabonning oyoqlari orasidan aniq zarba yo‘lladi.
22-daqiqada “Sanderlend” uzoqdan aut tashlab, raqib jarima maydonida bir necha riko’shetlardan so‘ng Bertran Traore darvozaga zarba berdi, biroq to‘pni Vilson Izidor tepib, darvozabon ustidan darvozaga yo‘lladi va hisob tenglashdi. Birinchi bo‘lim oxirida Granit Jaka jarima maydoniga nozik pas uzatdi, biroq Izidorning zarbasi darvoza tashqarisiga ketdi.
Riss Jeyms burchakdan to‘p oshirdi, Mark Giu bosh bilan uzatmani davom ettirdi, ammo Garnacho darvozabonga to‘g‘ri zarba berdi. Birinchi taym 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi. Uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Sanderlend” futbolchisi Brayen Brobbi jarima maydonida to‘pni ushlab, Chemsdin Talbiga uzatma berdi.
Talbi chiroyli zarba bilan to‘pni uzoq burchakka yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Natijada, “Sanderlend” 17 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va “Manchester Siti”ni pastga tushirdi.
“Chelsi” esa 14 ochko bilan yettinchi pog‘onada qoldi.
“Sanderlend” “Chelsi”ni mag‘lub etib, APLda ikkinchi o‘ringa chiqdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar