
Banan
- Bu ekzotik meva tarkibida S, V6 va E vitminlari bo‘lib, bir haftada 2 marta och qoringa iste’mol qilish organizmni zararli tiqinlardan halos etadi.
Yashil olma
- Muntazam iste’mol qilinganida qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi. Tarkibidagi pektin hisobiga qabziyat yuzaga kelishining oldini oladi.
Limon
- Mazkur meva sharbati shamollashga qarshi hususiyati bilan yaxshi ma’lum. Qolaversa, immunitetni ham mustahkamlaydi. Tarkibidagi komponentlar hisobiga organizmdagi infeksiyalar ta’sirini kamaytiradi.
Uzum
- Bu meva tarkibida glyukoza hamda fruktoza bo‘lib, qonga tez singadi va tetiklashtiradi. Fruktoza ichaklar faoliyatini yaxshilab, tomirlarni kengaytiradi. Ayniqsa, kamqonlikka davo bo‘lishi bilan juda foydali.
Petrushka ko‘kati
- Hazm faoliyatini yaxshilash bilan birga ichaklarni tiqinlardan halos etadi. Muntazam iste’mol qilinganida tomirlarning varikoz kengayishi, teri kataklarining ifloslanishi kabilarga davo bo‘ladi.
Sabzi
- Kletchatkaga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bolalardagi zararli parazitlar, gijjalarga qarshi samarali ta’sirga ega. Kun davomida 1-2 ta qizil sabzi yoki uning sharbati ayni muddao.
Selderey ko‘kati
- Buyrakni tozalovchi hususiyati bilan yaxshi ma’lum. Shuningdek, ortiqcha tana vaznidan halos bo‘lishni istaganlarga ham asqotadi. Ko‘kat bandida tiqinlarga qarshi foydali komponentlar bor. Shuningdek oyoq-qo‘ldagi shishlarda ham siydik haydovchi ta’sirga ega.
Qizil lavlagi
- Me’da va jigarni tozalashda eng qulay va foydali mahsulotlardan biri. Sharbat yoki yarim tayyor pishirilgan holatda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Sarsabil
- Butun organizmni tozalaydi. Tarkibidagi antioksidantlar tiqinlarni parchalab, ichaklar yurgazuvchanligini oshiradi.
Manba: Darakchi.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar