date

Sadio Mane Klopp bilan transfer haqida gapirdi


“Al-Nasr” futbolchisi Sadio Mane “Liverpul”ga oʻtishga qanday qaror qilgani haqida soʻzladi. Mane bu qarorni “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan boʻlgan suhbatdan keyin qabul qilganini aytib oʻtdi.

2016-yilda “qizillar” senegallik hujumchini “Sautgempton”dan sotib olishgan. Mane “Liverpul” safida olti yil oʻynab, jahon darajasidagi yulduzga aylangan va koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan.

“Dastlab Yurgen oʻz vaqtida “Borussiya Dortmund”ga transfer amalga oshmagani uchun uzr soʻradi va keyin shunday dedi: “Liverpul”da biz raqiblar oʻynashni xohlamaydigan jamoani quramiz. Birgalikda oʻsib boramiz va sen har bir oʻyinda maydonga tushasan.

Men shu loyihaning bir qismi boʻlishni xohlardim. Maosh yoki boshqa narsalar muhim emas edi, men shunchaki bu yerga oʻtishni xohlardim”, – dedi Mane Rio Ferdinandga bergan intervyusida.

2023-yilda Mane “Bavariya” klubiga oʻtgan, bir yil oʻtib esa Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sadio Mane Klopp bilan transfer haqida gapirdi