Shevchenko: Ajoyib derbi kutmoqda

Ukrainalik sobiq futbolchi Andrey Shevchenko bo'lajak Milan derbisi haqida fikr bildirdi. Unga ko'ra, ikkala Milan klubi ham munosib o'yin ko'rsatadi va tomoshabinlarga unutilmas futbol kechasini tuhfa etadi.
"Mening fikrimcha, bu ajoyib futbol oqshomi bo'ladi. Hozirda ikkala jamoa ham yaxshi formada va men ajoyib o'yinni kutyapman.
Forza Milan!", – dedi Shevchenko fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Andrey Shevchenko 1999-yildan 2006-yilgacha "Milan" sharafini himoya qilgan.
Bugungi kunda "Milan" A Seriya musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Klub oxirgi marta 2022-yilda Italiya chempioni bo‘lgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Mening fikrimcha, bu ajoyib futbol oqshomi bo'ladi. Hozirda ikkala jamoa ham yaxshi formada va men ajoyib o'yinni kutyapman.
Forza Milan!", – dedi Shevchenko fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Andrey Shevchenko 1999-yildan 2006-yilgacha "Milan" sharafini himoya qilgan.
Bugungi kunda "Milan" A Seriya musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Klub oxirgi marta 2022-yilda Italiya chempioni bo‘lgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…