Ko‘p odamlar kunduzgi vaqtni sakkiz soatlik ish kuniga, uning kelajakdagi kasb pillapoyasidan yuqorilashi uchun berilgan vaqt deb qaraydi. Tabiiyki, barcha diqqat-e’tibor markazida mana shu soatlar turadi. Ba’zan odamlar rivojlanishi uchun u ishlayotgan rahbar va kompaniyaga ham bog‘liq, deb ishonishadi. Quyida sizga haqiqatan yordam berishi mumkin bo‘lgan 5 ta maslahatni taqdim etamiz. “Alibaba Group” asoschisi, qiyofasi “Forbes” jurnalida bosib chiqarilgan ilk xitoylik boy, Jek Ma bugungi kunda 28,8 milliard AQSh dollari miqdoridagi resurslaga egalik qiladi. Dunyodagi eng boy xitoylik Jek Ma o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.
1.Oqshomda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishingiz o‘ta ahamiyatlidir
Men oliy ta’lim muassasasida marketing yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim, lekin har doim dizayner bo‘lishni orzu qilganman. Buning uchun kechayu kunduz dizaynerlik bilan shug‘ullanib, loyihalash qobiliyatini yaxshi egallash uchun qo‘shimcha ishlar ham ola boshladim. Bu mashg‘ulotlar ko‘p vaqt talab qildi.
Rahbar bo‘lganimda esa dizayn bilan shug‘ullanmay qo‘ydim va o‘z kasbim, marketinga qaytdim. Lekin g‘ayratli va ijodkor bo‘ldim. Agar men faqat ish soatlarimda o‘z ustimda ishlaganimda, hech qachon qobiliyatli direktor va boshqaruvchi bo‘lmasdim.
Men o‘zimga berib kelayotgan “darslarim”gagina ishonaman.
Men tanigan eng omadli insonlar ham bosib o‘tgan yo‘limdan ketgan. Tarix fakultetini tamomlagan do‘stim bor, keyinchalik texnik savdo bilan qiziqib qolgan. Kunduzlari telemarketing sohasida ishlab, kechasi dasturlashni o‘rganib bordi. Oxir-oqibat, u yirik kompaniyaning savdo masalalari bo‘yicha vise-prezidenti bo‘ldi. Uning kelajagini kechki soat oltidan o‘n ikkigacha nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganligi aniqlab berdi. Albatta, shaxsiy hayot va ish jarayonlari orasidagi me’yorni saqlay bilish kerak. Agar sizning farzand va turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lsa, ular bilan kechki soatlarni mazmunli sarflash muhim.
2. Ko‘p narsa o‘zgarishini xohlasangiz, ko‘proq mutolaa bilan mashg‘ul bo‘ling!
Asli kelib chiqishi qashshoq afrikalik oiladan bo‘lib, Vest-Pointdagi harbiy akademiyaga qabul qilingan bir ustozim o‘z oilasidan birinchi oliy ta’lim muassasasini tamomlagan vakil edi. Undan muvaffaqiyatga erishishida qilgan eng katta harakati nima bo‘lganini so‘radim. U esa hech qachon mutolaadan to‘xtamasligini ta’kidladi. U hayotda nimaniki istasak, bilim – ana shu xohish uchun yagona kalit ekanligiga ishonardi. Mutolaa sizni hamkasblaringizdan bir bosh ustun qilib, juda ham sezilarli ravishda rivojlantira oladi.
Entoni Robbins aytgan:
“Agar siz muayyan bir mavzuda bilim olish uchun har kuni bir soat mutolaa qilsangiz, bir yildan so‘ng ushbu mavzu doirasida er yuzidagi 99,999% odamdan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga egalik qilasiz”.
Hatto, har kech o‘ttiz daqiqa kitob o‘qish uchun sarf etib, bir haftada bemalol bitta kitobni mutolaasini yakuniga etasiz.
3. Turli xil loyihalarda ishtirok eting
Agar kompaniya barcha bilimlaringizni amaliyotda qo‘llashga imkon bermayotgan bo‘lsa, u holda sharoitni o‘zingiz yarating. Siz ko‘ngillilar jamoasi safida turli xil loyihalarda ishtirok eta olasiz.
Jamoa bilan ishlar ekansiz, bu tarmoq amaliyotida qanday qilib bilimingizni qo‘llashni o‘rganasiz va ko‘zlangan natijalar borasida fikrlar oydinlashadi.
4. Aloqalarni faol mustahkamlab boring
Atrofdagilar bilan aloqada bo‘lishingiz, kasbiy faoliyatingizni tez rivojlantiradi. Agar sizni ko‘p tanishlaringiz bo‘lmasa, bu masala yuzasidan ko‘proq vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Ishxonadagi hamkasblar, rahbaringiz bilan muloqotda bo‘ling. Agar tadbirkor bo‘lsangiz, sizning tanishlaringiz bu birinchi xaridorlaringiz bo‘ladi.
5. Hayotni o‘zgartirishni bugundan boshlash lozim
Bu matni o‘qib, balki kech soat oltidan tun yarmigacha hozir uyda o‘tirgandirsiz. Jismoniy va ruhan charchagan bo‘lishingizga qaramay, siz istagan vazifani bajara olasiz. Buning uchun qolganlarning ko‘rsatma, buyruqlariga hojat yo‘q.
Bu vaqtda miyangizning faoliyatini ish stolingizdagi kompyuterni o‘chirib qo‘ygandek to‘xtatib qo‘yishingiz mumkin. Lekin uni yanada aqlli bo‘lishga, kuchli va ziyrak idrok etishga, yangi tanishlar orttirishga jalb qilish imkoniyati ham bor. Barchasiga bugundan kirishing, har kuni bir soatdan vaqt ajrating.
Sizning hayotingiz bir yildan keyin ijobiy tomonga o‘zgarishiga va’da beraman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi