Antropologlar ibtidoiy jamoa tuzumi va qadimgi tosh davrlarini insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan shu bilan birgalikda keksaliksiz o‘tgan jamiyat sifatida ta’riflashadi. Tadqiqotlar bu davrda kishilarning o‘rtacha umr ko‘rishi 20-34 yoshdan oshmaganligini ko‘rsatadi. Keyinchalik esa inson ongi tafakkuri rivojlanishi, sivilizasiyaning yaratilishi Sharq va G‘arb ilm fan sohalarining taraqqiy etishi insonlar umrini ham birmuncha uzaytirdi. XV asrda bu ko‘rsatkich 40 yoshgacha , XVIII asrda 43 48, XIX asrda 57, XX asrda esa 71 yoshgacha o‘sdi.
Qarilik haqida bir qancha nazariyalar ilgari surilgan. Gerantologlarning fikricha, bu moddalar almashinuvining buzilishi ya’ni organizmning tashqi muhitga moslanish qobiliyatining susayishidir Normal fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi. Bunda dissimilyasiya jarayoni assimilyasiya jarayoniga nisbatan jadal kechadi va a’zolardagi asosiy to‘qimalar atrofiyaga uchraydi. Ya’ni nobud bo‘ladi bu jarayon, avvalo miyadan boshlanadi undagi 17-22% to‘qimalar qisqara boradi. Bir o‘zi 5 xil funksiyani bajaruvchi jigarda 12-14% to‘qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funksional va reaktiv imkoniyatlari pasayadi. Tadqiqotlarga ko‘ra odam aslida 100-120 yoshda fiziologik qariy boshlaydi. Biroq bugungi kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi. Yildan yilga ko‘payib borayotgan turli kasalliklar va epidemiyalar, narkomaniya, alkogalizm, kashandalik ekologiyaning buzilishi, shuningdek boshqa ko‘plab ijtimoiy faktorlar ta’sirida insonlarda keksalik alomatlari ancha erta paydo bo‘lmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra erkaklarga nisbatan ayollarning ko‘proq umr ko‘rishi tasdiqlangan. Qizig‘i shundaki bu nafaqat insonlarda balki hayvonlarda ham kuzatilgan ekan. Erkaklar atreskleroz, yurak va miya qon tomirlarining faoliyati buzilishi nisbatan ertaroq boshlanadi .Ularning infarkt, miokardga chalinish ehtimoli ayollarga qaraganda 40-49yoshda, 50-59 yoshda va 60 yoshdan keyin ikki barobar ortadi Buni jinsiy garmonlar bilan ham izohlash mumkin. Ayollar organizmida faqat estrogenlarni, erkaklar organizmida esa ko‘proq androgenlarni sintez qiladi.
Estrogenlar o‘z navbatida organizmni turli xastaliklardan himoya qilish xususiyatiga ega. Bundan tashqari vaqtida yig‘i orqali chiqarilib tashlanmagan hissiy kechinmalar gipertoniya, yurak kasalliklari, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichaklarda yuzaga keluvchi kasalliklarga sabab bo‘ladi. Ayollarga «yig‘loqi»ligi bu jihatdan foyda keltiradi.
Xulosa qilib aytganda, sog‘lom, baxtli va uzoq umr ko‘ray desangiz zararli odatlardan voz keching va o‘zingizga katta e’tibor bering.
Manba: Mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi