20:57 / 20.06.2017
8 523

Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi?

Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi?
Nega tuxum ikki xil? Aslida gap tuxumda emas, tovuqda. Patlari oqish bo‘lgan tovuq – oq, jigarrang-olachipori esa jigarrang tuxum qo‘yadi. Ikki xil rangdagi tuxumning ozuqaviy qiymati bir-xil. Faqatniga ular tuxum po‘stining rangi, katta kichikligi bilan farqlanishi mumkin. Odatda yosh tovuqlar po‘sti qalin, nisbatan kichikroq tuxum qo‘yishadi. Yana tovuqning emishi tuxum sarig‘i rangi va ta’miga ta’sir etadi.

Qancha katta bo‘lsa… “tuxum qancha katta bo‘lsa, shuncha foydali”, – degan gap to‘g‘ri emas. Katta tuxumlarda (55-65 g yoki 65-77 g) suv ko‘proq, ozuqaviy moddalar konsetrasiyasi kamroq bo‘ladi. Odatda bunday tuxumlarni qari tovuqlar qo‘yadi. 45-55 g va 35-45 g tuxumlarni esa yosh tovuqlar qo‘yadi. Ular katta tuxumlarga nisbatan foydali, mazali va to‘yimliroq.

Nega jigarrang tuxum qimmat? “Negaki u foydali-da” degan hayolga boryapsizmi? Yanglishdingiz, odatda oq tovuqqa nisbatan jigarranglari go‘shtdor va bo‘ychan bo‘ladi. Turgan gapki ularning tuxumlari ham oq tovuqnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Tuxum narxini belgilashda esa, albatta, uning katta-kichikligi inobatga olinadi.

Tuxumni qanday iste’mol qilgan ma’qul? Har kim o‘z ta’biga ko‘ra tuxumni suvda qaynatib yoki yog‘da qovurib iste’mol qiladi. Ikkisi ham mazali. Unutmang tuxum qancha ko‘p pishaversa tarkibidagi shuncha ko‘p foydali mikroelement ham o‘lib boraveradi. Nonushtada ham sarig‘i yumshoq pishirilgan tuxumni iste’mol qilgan ma’qul. Bolalar va qariyalarning oshqozoni qattiq pishirilgan tuxum sarig‘ini hazm qilishga qiynalishini yodda tuting.

G‘oz va o‘rdak tuxumlari. O‘zbekiston sharoitida g‘oz va o‘rdaklar tovuqlarga nisbatan kam boqiladi. Ularni ko‘paytirish, parvarishlash oson emas. Bundan tashqari, o‘rdak g‘ozlar orasida sal’nomellyoz kasalligi ko‘p uchraydi. Bozorda ham tuxum va go‘shtlarga unchalik talab ko‘p emas. Qorinni to‘q tutish va organizmni etarli vitaminlar bilan to‘yintirishda tovuq hamda bedana tuxumiga teng keladigani yo‘q. ayniqsa bedana tuxumi kuchli immunitet hosil qiladi. Uning tarkibida mikroelementlar va V guruh vitaminlari bisyor.

Yodda saqqlang!
  • Agar tuxumda yoriq paydo bo‘lsa, uni tuzli suvda pishirishni maslahat beramiz.
  • Suvda pishgan tuxumning etilganini aniqlash uchun uni aylantirib ko‘rish kifoya. Yaxshi aylangan tuxum pishib etilgan bo‘ladi.
  • Tuxumni chaqmay turib, uning yangi yoki eskiligini aniqlash mushkul. Faqatgina uni bir stakan sovuq suvga solgach, aniq to‘xtamga kelsa bo‘ladi. Suvga tuxumni soling, agar u cho‘ksa, demak, yangi, suv yuzasiga qalqib qolsa, eski.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi?