Pul barakasi farzandlar uchun ota, ayollar uchun erga bo‘lgan munosabatga bevosita bog‘liq

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Insonning moliyaviy farovonligi va daromadlarining barakali bo'lishi bevosita oiladagi erkak energiyasi, ya'ni ota va turmush o'rtog'iga bo'lgan hurmatga bog'liq.
- Psixologik tahlillarga ko'ra, otaga nisbatan gina-qudrat saqlash karyeradagi rivojlanishga to'sqinlik qilsa, unga bo'lgan samimiy hurmat moliyaviy blokadalarni bartaraf etadi.
- Ayollar uchun esa oiladagi moddiy barqarorlik eriga ko'rsatiladigan ishonch va uning erkaklik sha'nini qadrlash orqali ta'minlanadi.
Ko‘pchilik insonlar yillar davomida tinim bilmay mehnat qilishiga qaramay, pulning barakasi yo‘qligidan yoki topgan daromadi suvdek oqib ketayotganidan shikoyat qiladi. Psixologik tahlillar va oilaviy tizim qonuniyatlari shuni ko‘rsatmoqdaki, insonning moddiy farovonligi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda moliyaviy oqimi bevosita oiladagi erkak energiyasi — ota va jufti halolga bo‘lgan munosabat bilan chambarchas bog‘liq.
Hayotda o‘z sohasini topish, katta daromadga chiqish va moliyaviy erkinlikka erishishning ildizi otaga nisbatan hurmat, kechirim hamda ichki g‘ururga borib taqaladi.
Ota bilan munosabat — karyera va boylik poydevori
Psixologiyada pul, biznes va kasbiy o‘sish to‘g‘ridan to‘g‘ri ota obrazi va u bilan bog‘liq his-tuyg‘ularga asoslanadi:
«Men mana shunday insonning farzandiman»: Otasiga nisbatan cheksiz hurmat va samimiy faxrlanish hissi bo‘lgan farzandlarda moliyaviy blokadalar bo‘lmaydi. Bunday insonlarning xonadonida pul nafaqat yetarli, balki doimo zaxirasi (zapasi) bilan turadi;
O‘g‘il bolalarning eng katta xatosi: Ko‘p o‘g‘illar otasining qattiqqo‘lligi, e’tiborsizligi, oilaviy xatolari yoki onasi bilan bo‘lgan nizolari sababli otasidan qattiq xafa bo‘lib yuradi. Ammo otaga nisbatan gina-qudrat va nafrat saqlagan o‘g‘ilning ishida hech qachon rivoj, pulida esa baraka bo‘lmaydi;
Yo‘l topish quvvati: Kasb tanlash, sohada mustahkam turish, katta pullarni jalb qilish va hayotda o‘z o‘rnini topish aynan otaning roziligi va unga bo‘lgan ichki hurmat orqali shakllanadi.
Ayollar uchun moliyaviy farovonlik qoidasi: Juftiga hurmat
Oilada ayolning shaxsiy va oilaviy boyligi erkak kishiga bo‘lgan munosabat bilan chambarchas tutashgan:
Hurmat bor joyda — baraka: Eriga chin dildan hurmat va ishonch ko‘rsatadigan, uning erkaklik sha’nini qadrlaydigan ayollarning xonadonida hech qachon pul taqchilligi sezilmaydi;
Hurmatsizlik oqibati: Erkakni mensimaydigan, uni doimiy tanqid qilib, qadrsizlantiradigan ayollar qanchalik tirishmasin, moddiy qiyinchilik va moliyaviy beqarorlik girdobidan chiqishi murakkab kechadi;
Moliyaviy oqimning ishlashi: Oiladagi to‘g‘ri munosabatlar muhiti pulning emin-erkin kirib kelishini ta’minlaydi — pul sarflangan sari uning o‘rni yanada ko‘proq miqdorda to‘lib boradi.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, moliyaviy holatni tubdan yaxshilash uchun avvalo otaga bo‘lgan barcha ginalarni kechirish, oilaviy munosabatlarda erkakning o‘rnini qadrlash va ichki psixologik tugunlarni yechish shart.































Izohlar 0
…