Madaniyat va ma’rifatni targ‘ib etish borasida O‘zbekiston televideniesining o‘rni beqiyos bo‘lmoqda. Ovoz va tasvir uzatish imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali aholi o‘rtasida turmush madaniyatini oshirishda televidenie xodimlarining faoliyati maqtovga sazovordir. O‘zbekiston davlat televideniesi teleboshlovchilari, jurnalist xodimlarining kiyinish, muloqot madaniyati, rejissyorlar aholi e’tiboriga taqdim etayotgan kinofilmlar saviyasi jihatidan boshqa xususiy telekanallardan tubdan farq qiladi. Chunki mazkur dargohda o‘z sohasining haqiqiy mutaxassislari faoliyat yuritib kelmoqda.
Ammo keyingi paytlarda teleboshlovchilar, telejurnalistlarning televizion nutqida “inson” so‘zining ko‘p ishlatilishi, hatto ba’zi holatlarda noo‘rin qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Masalan, jinoyatchilikka oid ko‘rsatuvlarning birida teleboshlovchining “…jinoyatga qo‘l urgan insonlar”, degani yoki yana bir teleko‘rsatuvda “…insonlarning befarqligi tufayli axlat uyumi hosil bo‘lgan”, deganiga guvoh bo‘ldim. Avvalo, jinoyatchini “inson” deb ta’riflashning o‘zi noo‘rin. “Befarq” va “inson” so‘zlari hech qachon yon-yon qo‘llanilmaydi. “Befarq odam”, “befarq kimsa”, “befarq kishi” bo‘lishi mumkin.
Yana bir teleko‘rsatuvda boshlovchining “Abu Ali ibn Sino, Beruniy, al-Farg‘oniy kabi ulug‘ insonlar…” degan so‘zlariga e’tibor bering. Ushbu matnda “insonlar” emas “mutafakkirlar”, “donishmandlar” kabi ta’riflardan foydalanish mumkin edi. Chunki “inson” so‘zining ko‘plikdagi ma’nosi “odamlar” bo‘ladi. Bu barcha tillarda leksikologik mezonning buzilish holati hisoblanadi. Masalan, rus tilida “inson – chelovek” bo‘lsa, ko‘plikda “odamlar – lyudi” bo‘ladi. Ingliz tilida esa bu quyidagicha ko‘rinishga ega: “inson – man”, “odamlar – people”.
Shuningdek, kinofilmlarda ham bu holatni uchratish mumkin: “…anavi poyloqchilik qilayotgan inson kim bo‘lishi mumkin?” deydi qahramon chet el filmida. Bunda tarjimon “inson” so‘zini butunlay noo‘rin qo‘llagan. Umuman olganda, keyingi paytda til mezonlarining buzilish holatini ko‘plab kuzatish mumkin bo‘lib qoldi. Sayyor qabulxonalar telereportajlarining birida kadrda fuqarolar qabulxonasi devoridagi yozuvga ko‘zim tushdi unda “…insonlar dardi” degan so‘zlarga e’tibor berdim.
Yuqorida ta’kidlanganidek, teleboshlovchi yoki telejurnalist bugungi kunda aholiga madaniyat va ma’rifatni targ‘ib etuvchi shaxs sifatida qadrlidir. Aholining ko‘p qatlami uning kiyinishidan tortib, gapirishiga ham taqlid qiladi. Bunga viloyat fuqarolari qabulxonasi devoridagi yozuv yaqqol misol bo‘la oladi. Biz jurnalistlar matn yozishda o‘zbek tilining mavjud imkoniyatlaridan keng foydalanib, aytayotgan yoki yozayotgan har bir so‘zni o‘rinli qo‘llashimiz, ustozlarimiz o‘rgatganidek, so‘z isrofgarchiligiga, o‘zbek tili mezonining buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Unutmang, jurnalistika tilshunoslikka oid muhim soha!
Muhayyo Saidova,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchisi
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi