Apelsin sharbatini ichish yurak va miya uchun foydali

Har kuni kichik bir stakan 100% apelsin sharbatini ichish sog‘liq uchun foydali bo‘lishi mumkin. Sharbat tabiiy shakar miqdori yuqori bo‘lsa-da, unda organizmga vitaminlar va minerallar yetadi, bu yurak va miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam apelsin sharbatini ichish qon shakarini nazorat qilishga yordam beradi, xolesterin darajasini yaxshilaydi va qon bosimini tushiradi. Ba’zi tadqiqotlar sharbat insonning diqqatini oshirish va kayfiyatini yaxshilashga ham yordam berishini ko‘rsatgan.
Sharbatdagi foydali ta’sir flavonoidlar, xususan hesperidin bilan bog‘liq. Bu moddalar qon tomirlarini bo‘shashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va yallig‘lanishni kamaytiradi. Apelsin sharbatida C vitamini, folat, kaliy va kaltsiyni topish mumkin, ular immunitetni mustahkamlaydi va teri uchun foydalidir.
Mutaxassislar butun apelsin iste’mol qilishni eng foydali deb hisoblaydi, chunki unda tolalar va foydali moddalar ko‘proq saqlanadi. Shu bilan birga, uyda yoki restoranlarda yangi siqilgan sharbatni ichish ham foydali.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!