
2026 yilda omad hammaga ham kulib boqmaydi. Lekin bu yilda yutqazadiganlar ham, sezilarli yutuqlarga erishayotganlar ham aql yoki iste’dod bilan emas, stressga munosabati bilan farq qiladi. Dunyo jadal sur’atlarda o‘zgaryapti va aynan shu bosimga moslasha olganlar maqsadlariga boshqalarga nisbatan ancha tez yetadi.
Avvalo, qo‘llab-quvvatlov yo‘qligini xotirjam qabul qila oladiganlar yutadi. Ko‘p odamlar atrofdagilardan rag‘bat, ma’qullash yoki maqtov kutgani uchun to‘xtab qoladi. Yaqinlar ishonmasa, g‘oyalariga shubha qiladi, rejalardan voz kechadi, boshlagan ishini tashlab qo‘yadi. Ammo tashqi ma’qullashga bog‘liq bo‘lmagan insonlar hatto tanqid va sovuq munosabat sharoitida ham harakatni to‘xtatmaydi. Shu sababli ularning muvaffaqiyat ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.
Ikkinchi muhim jihat — vaziyatni nazorat qila olmaslikka munosabat. Har doim ham rejalar kutilgandek ishlamaydi. Ko‘pchilik bunday paytda xavotirga tushadi, asabiylashadi va harakatdan to‘xtaydi. Ammo nazoratdan chiqib ketgan holatlarni xotirjam qabul qila oladigan odamlar yo‘lni o‘zgartirsa ham, maqsaddan chekinmaydi. Bu esa hozirgi noaniq zamonda juda katta ustunlik hisoblanadi.
Uchinchidan, noma’lumlikdan qo‘rqmaydiganlar oldinga chiqadi. Kafolatlar yo‘qligi, aniq natijani oldindan bilmaslik ko‘p odamlarni falaj qiladi. Ular “oxiri nima bo‘ladi?” degan savol sabab umuman qadam tashlamaydi. Ammo kelajak to‘liq aniq bo‘lmasa ham harakat qilishga tayyor insonlar imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaydi.
Yana bir muhim jihat — kutilgan natija bilan reallik o‘rtasidagi farqqa munosabat. Ko‘pchilik orzu qilganidek bo‘lmaganini ko‘rib, ruhan sinib qoladi, ishtiyoqni yo‘qotadi va to‘xtaydi. Kim uchun bu holat ichki inqirozga aylanmasa, u yo‘lini davom ettiradi va oxir-oqibat baribir natijaga yetadi.
Agar ushbu omillar sizda kuchli stress uyg‘otishini his qilsangiz, bu hukm emas. Bu faqat miyangizdagi neyron dasturlarning hozirgi ishlash tarzi, xolos. Ularni o‘zgartirish esa mumkin. 2026-yilda aynan shuni uddalay olganlar eng katta yutuqlarga erishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.