02:20 / 28.08.2017
7 020

Jek Ma unga muvaffaqiyat keltirgan omilni ma’lum qildi

Jek Ma unga muvaffaqiyat keltirgan omilni ma’lum qildi
Forbes jurnaliga ko‘ra, Osiyoning eng boy kishilaridan bo‘lgan Jek Maning bugungi boyligi $37,4 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Ammo, milliarder hayotida shunday sinovli kunlar bo‘lganki, uni hatto tuzukroq joyga ishga ham olishmagan. Misol uchun, taniqli Kentucky Fried Chicken, KFC restoranlar tarmog‘i uni ishga olishdan bosh tortgan.

Jek Ma Amerikaning taniqli CNBC kanalida bo‘lib o‘tgan suhbatda muvaffaqiyat qozonishining muhim omillaridan birini aytib berdi.

Rad etilishlar Jek Ma uchun keyingi hayotda muhim bo‘ladigan saboqni berdi. "Kun kelib yaxshi yashash uchun avvaliga muvaffaqiyatsizlikka uchrashga majbursan", deydi Jek Ma Nayrobi universitetida o‘tgan uchrashuvda.

Kollejdan so‘ng Ma ishga kirish uchun o‘zining ona shahri Hangjoudagi 30 ta idoraga hujjat topshiradi. Ularning barchasi uni rad etadi.

KFC restoranlar tarmog‘iga ishga kirish uchun murojaat qilgan 24 kishi orasida Jek ham bor edi. 23 kishi ishga olinadi, biroq birgina janob Mani rad qilishadi.

Politsiyachi bo‘lishgan qaror qilganida ham boshqa 5 nafar nomzod suhbatdan o‘tib ketadi. Jek Maga esa undan politsiyachi chiqmasligini aytib, uni rad qilishadi.

Jek Maning ish izlashi bilan qiziq yana bir holat yuqoridagi voqealardan ham ayanchliroq edi.

"Amakivachcham bilan shahardagi 4 yulduzli mehmonxonaga ishga topshirdik. Jazirama kunda uzundan-uzoq navbatda suhbat qurish uchun ko‘chada 2 soat turdik. Mening kollej baholarim qarindoshimnikidan ancha yuqori edi. Uni ishga qabul qilishdi, biroq meni yana rad etishdi!"

Jek Ma Amerikaning taniqli teleboshlovchisi va jurnalisti Charli Rouz bilan suhbatda Garvardga o‘qishga kirish uchun 10 marta harakat qilganini ham ma’lum qilgan.

"O‘qishga topshiraverdim va yiqilaverdim. Oxiri maqsadni o‘zgartirdim. Men endi kun kelib Garvardga dars borish uchun boraman deb niyat qildim", deydi u kulib.

52 yoshli Jekning aytishicha, u hech qachon tushkunlikka g‘arq bo‘lmagan. To‘g‘ri, rad qilinish -- shaxsiyatinga nisbatan uyushtirilgan eng og‘ir jazo bo‘lsa ham, bu holat seni kelajakka tayyorlab, o‘z ustingda ishlashing kerakligiga ishora qiladi.

"Boks ustasi kabi, mag‘lub bo‘lmas ekansan, basharangga kuchli mushtlardan yemas ekansan, hayotda g‘olib bo‘lish mumkin emas".

Ingliz tilidan kollej o‘quvchilariga saboq berib yurgan kezlari Jekning xayoliga masofadan turib odamlarga mahsult sotish va ularni yetkazib berish fikri tug‘iladi. 1999 yilda u Alibaba elektron tijorat do‘konini ochadi. Avvaliga uning takliflari "yo‘q" degan munosabat bilan baholanadi.

"2001 yil aniq esimda. Biz hamkorlar bilan amerikaliklardan katta miqdorda sarmoya olish loyihasini ilgari surdik. Ammo, bizning taklifni qabul qilishmadi", deydi Ma. Shunday bo‘lsa ham, u to‘xtab qolgani yo‘q. "Men biz kun kelib AQShga katta mablag‘ bilan o‘zimiz kirib kelishimizni aytdim". Chindan ham 2017 yilda shaxsan AQSh prezidenti taklifi bilan Jek Ma AQShda elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga katta mablag‘ tikdi.

Bugun Alibaba qiymati $400 mlrd dollar bo‘lgan jahonning eng yirik elektron savdo kompaniyasi.

Jek Ma ishda ham xodimlarni muvaffaqiyat qozonishga majburlash o‘rniga asosiy e’tiborini mavjud muvaffaqiyatsizliklarni o‘rganishga qaratadi.

"Hadeb muvaffaqiyat qozonish haqidagi kitoblarni o‘qiyverish odamni yengiltabiat va xayolparast qilib qo‘ydi. Natijada, ular meni omadim albatta keladi, degan xayolda maqsadlari sari o‘ylamay qadam bosadigan bo‘lib qolishadi".

"Haqiqat shundaki, boshingdan o‘tgan qiyinchiliklarni yaxshilab o‘rganib, xulosani to‘g‘ri chiqaribgina bu hayotda boyish va muvaffaqiyat qozonish mumkin".

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jek Ma unga muvaffaqiyat keltirgan omilni ma’lum qildi