Rafinya sentyabrdan beri ilk bor gol urdi

Barselona vingeri Rafinya Dias La Liganing 15-turi doirasida o'tgan Madridning Atletiko klubiga qarshi o'yinda hisobni tenglashtirdi. "Matraschilar" 19-daqiqada Aleks Baenaning goli evaziga oldinga chiqqan edi, biroq kataloniyaliklar tezda javob qaytarishdi.
Rafinya aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Bu braziliyalik futbolchining sentyabr oyining o'rtalaridan buyon ilk goli bo'ldi.
O'shanda u Valensiyaga qarshi bahsda (6:0) dubl qayd etgan edi. Sentyabr oxirida 28 yoshli futbolchi jarohat olib, faqat noyabr oxirida safga qaytdi.
Ayni damda "Barselona" – "Atletiko" o'yini 1:1 hisobida davom etmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rafinya aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Bu braziliyalik futbolchining sentyabr oyining o'rtalaridan buyon ilk goli bo'ldi.

Izohlar 0
…