
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta darvozabon David Rayani yuqori baholadi. "Topchilar" ispaniyalik posbonni 2023-yilning yozida "Brentford"dan o'z safiga qo'shgan edi.
"David ajoyib darvozabon. Biz uni ancha oldin, bosh murabbiy etib tayinlanganimdan so'ng darhol jamoaga olib kelmoqchi edik, ammo bu bir necha yilga kechikdi.
Rayya "Arsenal"da ajoyib o'yin namoyish qilmoqda va men uning biz bilan birga ekanligidan juda mamnunman. Bu eng yaxshi transfermi yoki yo'q, aniq aytish qiyin, lekin u jamoamizni yangi bosqichga olib chiqdi.
Shubhasiz, u o'yinimizga yangi nafas olib keldi", – dedi Arteta chorshanba kuni "Brentford"ga qarshi o'yin oldidan. Joriy mavsumda David Rayya 18 uchrashuvda atigi sakkizta gol o'tkazib yubordi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.