
Jorjo Kyellini, "Yuventus" ijrochi direktori, serb hujumchisi Dushan Vlahovichning jarohati haqida o'z fikrini bildirdi. Serbiyalik futbolchi jiddiy jarohat olgan – u joriy yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi va kelasi yil boshini ham o'tkazib yuboradi.
"Vlahovich uch oyga safdan chiqdi – bu biz uchun og'ir zarba. Men Dushanga tezroq sog'ayib safga qaytishni tilayman.
Bu esa boshqa futbolchilar uchun o'zini ko'rsatish imkoniyati," – deya ta'kidladi Kyellini Italiya Kubogi 1/8 final bosqichida "Udineze"ga qarshi o'yin oldidan. Joriy mavsumda Dushan Vlahovich "Yuventus" safida 17 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.