date

Orlov tan oldi: Shomurodov – eng zo‘r futbol intellektiga ega hujumchi!

Orlov tan oldi: Shomurodov – eng zo‘r futbol intellektiga ega hujumchi!

Futbol intellektni kim tan oldi?

Rossiyalik mashhur futbol izohlovchisi Gennadiy Orlov Sport24 nashriga bergan intervyusida sobiq ittifoq hududidagi eng yaxshi futbolchilar haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni ham esga oldi. Uning fikricha, tarixiy eng yaxshi o‘yinchi – Andrey Shevchenko (Ukraina, "Oltin to‘p" sohibi). Ammo hozirda faoliyat yuritayotganlar orasida Shomurodov alohida ajralib turadi.

Orlov o‘zbek hujumchisini «Rostov»da o‘ynagan davrlardayoq Rossiyadagi hujumchilar ichida eng zo‘r futbol intellektiga ega o‘yinchi ekanligini aytgan. "Keyin Shomurodov «Roma»da o‘ynadi va mening so‘zlarim tasdiqlandi", – dedi sharhlovchi. Orlov shuningdek, futbolda kuchli xarakter va kurash eng muhimi ekanini ta’kidlab, Qozog‘istondan Nurali Alip va Dastan Satpayev kabi yosh iqtidorlarni ham tilga oldi.

«Rostov»dan Yevropaga yo‘l

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov O‘zbekistondagi "Mash’al" va "Bunyodkor" klublarining liboslarini kiyganidan so‘ng 2017 yili Rossiyaning «Rostov» klubiga ko‘chib o‘tdi. Mashhur murabbiy Valeriy Karpin qo‘l ostida uning yangi jihatlari kashf etildi. Hamyurtimiz uch yil davomida 91 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi, raqiblar darvozasini jami 18 marotaba ishg‘ol qildi, 12 ta assist qayd etdi. U Rossiya Premer-ligasidagi deyarli barcha grand jamoalarga gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Jumladan “Tosno”, “Krasnodar” va “Lokomotiv”ga 2 tadan, “Spartak Moskva”, “Orenburg”, “Arsenal Tula”, “Ural”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Tambov”, “Dinamo Moskva” va “Axmat”ga bittadan to‘p kiritgan.

Rossiya kubogida “Sizran-2003” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan. Yevropa Ligasi saralash turnirida Isroilning “Makkabi Xayfa” jamoasi darvozabonini ham ojiz qoldirgan.

Italiyadan Turkiyaga: hozirgi yuqori forma

2020 yilning oktyabrida «Rostov» Eldorni Italiyaning eng qadimiy jamoasi «Jenoa»ga qo‘yib yubordi. O‘zbek futbolchisi 5 mavsum mobaynida «Spetsiya», «Kalyari» va «Roma» kabi klublar sharafini himoya qildi. 2025 yilning yozida 30 yoshli hujumchi «Istanbul Bashakshehir» klubiga ko‘chib o‘tdi va Turkiya Superligasining joriy mavsumida 14 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg‘ol qildi, bu esa uning yuqori sport formasida ekanidan dalolat beradi.

Orlovning fikricha, Shomurodovning shaxsiy xususiyatlari va jamoadagi roli har doim muhimdir. Orlov uning kuchli texnikasi, kurashchanligi va xarakteriga alohida e’tibor qaratdi. «Futbolda har doim xarakter va kurash muhim» — dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Orlov tan oldi: Shomurodov – eng zo‘r futbol intellektiga ega hujumchi!