Olimlar yurak-qon tomir kasalliklari va erta o‘lim holatlarini kamaytirish uchun sport zaliga borish va soatlab shug‘ullanish shart emasligini aniqlashdi. "Layfxaker" shu haqidagi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.
Qancha va qanday harakat qilish kerak?
Olimlar 2003 yildan 2010 yilgacha harakatlanishning foydasiga bag‘ishlangan eng yirik tadqiqotlardan birini o‘tkazishdi.
Ular yetti yil davomida jismoniy faollik, yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim holatining umumiy darajasiga oid ma’lumotlarni to‘plashdi. Mazkur tadqiqotda turmush darajasi turlicha bo‘lgan 17 mamlakatdan 35-70 yoshdagi 130 mingdan ziyod odam ishtirok etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faol bo‘lgan odamlar kamroq harakatlanadiganlarga qaraganda sog‘lomroq ekan. Serharakat kishilar yurak xuruji, insult va boshqa yurak-qon tomir kasalliklariga kamroq moyil bo‘lishadi, shuningdek boshqa sabablar natijasida yuzaga keluvchi o‘lim holatlari jihatidan ham nisbatan past ko‘rsatkichlarga ega.
Haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o‘lim holatlarini - 28 foizga, yurak kasalliklari ehtimolini esa 20 foizga kamaytiradi.
Yana shunisi muhimki, jismoniy faollik turi ahamiyatsiz. Tadqiqotning yetakchi muallifi Skott Lir salomatlik uchun pul sarflashga hojat yo‘q, deb hisoblaydi. Har qanday faollik - u xoh uy ishlari bo‘lsin, xoh jismoniy mehnat yoki piyoda sayr - erta o‘lim holatlari va yurak kasalliklari xavfini samarali pasaytiradi.
O‘tirish nimasi bilan xavfli?
Jismoniy faollikning zaruratini isbotlovchi tadqiqotlarning ko‘pligiga qaramay, zamonamiz kishisi borgan sari kamroq harakatlanmoqda. Odamlar ko‘proq mashinalarda harakatlanishadi, ekran oldida ko‘proq vaqt o‘tkazib, kamroq piyoda yurishadi.
Bu orada esa kamharakatlilik va ortiqcha vazn natijasidagi surunkali kasalliklar soni tezkor sur’atlarda o‘sib bormoqda.
Angliyadagi Health Effects of Overweight and Obesity in 195 Countries over 25 Years tibbiy jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda ortiqcha vazn butun dunyodagi 4 million kishining o‘limiga ta’sir ko‘rsatgan. Bu odamlarning aksariyati yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, buyraklar kasalligi va saraton natijasida hayotdan ko‘z yumgan.
Qanday qilib sportga vaqt ajratmay ko‘proq harakatlanish mumkin?
Odamlar ko‘pincha sport bilan shug‘ullanishga vaqt yoki pul yetishmasligidan shikoyat qilishadi. Biroq kuniga 20 daqiqadan ortiqroq harakatlanish uchun vaqt yo pul ajratish, sport zalida shug‘ullanish uchun krossovka yoki abonement sotib olish shart emas.
Quyida Toronto universiteti professori Mayk Evansning bu boradagi bir necha tavsiyalari taqdim etiladi:
1. Ishga doir uchrashuvlarni piyoda sayr ko‘rinishida rejalashtiring.
2. Agar ish joyingizgacha jamoatchilik transportida boradigan bo‘lsangiz, bekatga ertaroq chiqing.
3. Tanaffus yoki tushlik vaqtida biror joyda o‘tirish o‘rniga sayr qiling.
4. Do‘konga mashinada borishni bas qiling, piyoda harakatlaning.
5. Mashina haydasangiz, uni tegishli manzildan uzoqroqqa qo‘ying.
6. Liftdan foydalanmang, zinadan ko‘tariling.
Skott Lirning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotning nisbatan faol va sog‘lom ishtirokchilarida harakat kundalik hayotning bir qismi bo‘lgan: ular ko‘p piyoda yurishgan, ish joyida muntazam ravishda harakatlanishgan, uydagi ishlarni bajarishgan.
Darvoqe, jismoniy faollik stressni yengishga yordam beradi.
"Jismoniy faollik stressga qarshi yaxshi kurashadi. Men ishdan velosipedda qaytaman va bu kun davomida yig‘ilgan stressdan xalos bo‘lishda juda yaxshi yordam beradi. Men uyga mashinada borgan vaqtimga nisbatan tetikroq ko‘rinishda qaytaman".
Skott Lir
Piyoda bosib o‘tilgan bir bekat, ikki marta zinadan tushib chiqish, kinoteatr yoki qahvaxona o‘rniga kechki sayr - hayotingizdagi o‘zgarishlarni deyarli sezmay qolasiz va shu bilan birga, turli kasalliklar va erta o‘lim holatlari xavfini qisqartirasiz.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi