04:21 / 21.10.2017
5 472

O‘zingizning yashirin qobiliyatlaringizni aniqlashning 4 usuli

O‘zingizning yashirin qobiliyatlaringizni aniqlashning 4 usuli
Sizning yashirin qobiliyatlaringiz orzungizga yaqinlashishga yordam berishi mumkin. Quyidagi 4 ta savolga javob berish orqali ularni aniqlang.

1. Biror nimaga ulgurish uchun qanday bilimlar sizga yordam bergan?

Bolalikda yoki talabaligingizda qandaydir foydali bilimlar olgansiz. Muvaffaqiyatli konsultant Skott Edinger kambag‘al oilada tug‘ilgan, 9 yoshida esa boshqa badavlat oila uni boqib oladi. Hayotdagi sharoit unda muloqot qilish, ziddiyatlarga yechim topish, kishilarni psixologiyaga ishontirish va uni tushuntirish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirdi.

Unversitetda u kommunikativ bilimlarini rivojlantirdi. Yuzlab debatlarda ishtirok etib, Edinger eng yaxshi notiqlar 5 taligidan o‘rin egalladi. O‘qishni tugatgach u AQShdagi yirik kompaniyalardan birining 2 o‘rindagi savdo xodimi bo‘ldi va boshqa tashkilotlarga ham savdo ishlari bo‘yicha maslahatlar beradigan konsultantga aylandi.

Albatta, faqatgina bolalikdagi qiyinchilik Skott Edingerni shu darajaga olib kelmagan. Biroq siz ham qandaydir to‘siqlarga uchragan va uni yengib o‘tgan bo‘lsangiz kerak.

Shunday hodisalarni eslang. Ularda biror umumiylik bormi? Nima sizga muammolarni yengib o‘tishingizga yordam berdi? Endi o‘sha bilimlarni qaysi sohada ishga solish mumkinligini o‘ylang.

2. Nima sizga kuch beradi?

Sizni energiya, kuch va yangiliklarga tayyor qiladigan nima borligi haqida o‘ylang.

O‘zingizni charchagan his qilgan paytingiz nima bilan shug‘ullanishingizni yodga oling. Shunday vaqtlarda siz o‘zingizga kuch beradigan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishni istaysiz.

Aynan qaysi ish sizga ko‘proq energiya berishini aniqlab, kelajakda siz muammolarni oson hal qilish yo‘lini topa olasiz.

3. Bolaligingizda boshqalardan nima sizni ajratib turardi?

Atrofdagilarimizga qanday ko‘rinmasin, biz bolalikda yoqtirgan ishimizni qilishga harakat qilamiz. Agar bolalikdagi mashg‘ulotlaringizni yodga olsangiz, nima sizni qobiliyatingizni namoyish etishga sabab bo‘lishini topishingiz mumkin.

Kendis Braun Elliottning sinfdoshlari uni Braun Ensiklopediyasi deb masxaralashardi. Ular Kendisni eng aqlli deb bilishardi, aslida o‘qituvchilar bunday deb hisoblashmasa ham. Qizaloq o‘zi mashhurlar bilan muloqot qilish, sun’iy intellektni ishlatish, suzadigan shahar qurish kabilarni orzu qilardi.

40 yil o‘tgach, unda 90 ta patent bor edi. Uning eng mashhur kashfiyoti – PenTile-matritsasi millionlab smartfon, planshet, noutbuk va televizor ekranlarida qo‘llanuvchi suyuqkristall bo‘lgan. U bunday texnologiya ishlab chiqaruvchi kompaniya tuzadi va uni Samsung’ga sotib yuborgan.

Elliottning bolalikdagi orzulari sinfdoshlarini hayron qoldirsa, o‘qituvchilarning jahlini chiqarardi. Lekin katta bo‘lgach u imkonsiz narsalarni ham ilojini topdi.

4. Qanday iltifotlarga e’tibor qilmaysiz?

Odatda, biz o‘zimizning kuchli tomonimizni ilg‘amaymiz. Agar biror narsani yaxshi bajarishga odatlanib qolsak o‘zimizning bu ko‘nikmamizga unchalik ham e’tibor qilmaymiz. Shu bois, shunchaki e’tibor qilmaydigan iftifotlaringizni tinglab ko‘ring.

Maqtovlarni rad qilishga o‘rganib qolish tushunarsiz bo‘lib, u o‘z malakalaringizni haqiqiy bahosidan ancha arzonga baholashingizni bildiradi.

Bu karyerangizga zarar yetkazadi, chunki iqtidor va mehnat qiymatiga ko‘ra baholanishi va haq olishi lozim.

Agar biror ishni oson uddalayotgan bo‘lsangiz, u ko‘nikmaga hamma ham ega degani emas. O‘z rezyumengizni qayta ko‘rib chiqing: balki unda boshqa xodimlardan sizni ajratib turuvchi biror malakani qoldirib ketgan bo‘lishingiz ham mumkin.

Manba: Likeit.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizning yashirin qobiliyatlaringizni aniqlashning 4 usuli