Odatda bolajonlar taomnomasi u sevgan turli pechenyelar, tezpishar taomu gamburgerlardan iborat bo’ladi. Aslida ularning ratsioni kattalarnikidan qolishmaydigan tarzda muhim ahamiyat kasb etadi. Taomning vitaminlarga boy bo’lishi esa aqliy rivojlanish uchun ko’mak beradi.
O’qish davrida bolajonlar ozuqasi oqsil moddalariga boy bo’lishi kerak. Shu bois uni maktab tomon kuzatishdan avval alohida nonushta tayyorlab bering. Tonggi tanovul go’sht, baliq, pishloq, tvorog, sut va tuxum kabi mahsulotlardan tarkib topgani yaxshi.
Baliq hamda dengiz mahsulotlari miya uchun juda zarurdir.
Baliq tarkibidagi yengil o’zlashtiriladigan oqsillar, omega, fosfor, yod moddalari va miya faoliyati uchun zarur bo’lgan boshqa ko’plab mikroelementlar mavjud. Shu bois haftada bir-ikki marta baliq kuni tayinlash farzandingizning aqliy rivojlanishi uchun ko’mak beradi.
A va D vitaminlariga boy bo’lmish sariyog’ bolakaylar uchun juda foydali.
Non, bo’tqa, makaron mahslotlari, meva va sabzavotlar – uglevodning asosiy manbai hisoblanadi. Uzum va mayiz esa miya uchun ajoyib ozuqa bo’ladi.
Go’shtda miyaning jadal ishlashi uchun zarur bo’lgan barcha moddalar mavjud, bu esa uning bolalar ratsioniga kiritilishi o’ta muhim masala ekanligini isbotlaydi.
O’quvchilar uchun tushlikdan keyin yengil tamaddi ham tashkil qilib bergan ma’qul. Bu sut-qatiq mahsulotlari, konfet yoki shirinlikli choy bo’lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi