18:55 / 22.10.2017
9 145

Biznesda kishilarga ta’sir qiluvchi mashhur iboralar. Ular qanday ishlaydi?

Biznesda kishilarga ta’sir qiluvchi mashhur iboralar. Ular qanday ishlaydi?
Biznesda imkoni boricha ko‘proq foyda olishga uriniladi. Bu yo‘lda turli texnika va yo‘llarini o‘rganib qo‘yish o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar hamda biznes vakillariga asqotishi tabiiy. Telegram’dagi Reklama va Marketing kanali ana shunday usullardan biri bo‘lgan so‘zlarning ta’siri haqida material tayyorladi. Uning o‘zbekcha talqini bilan tanishing.

1. «Sen butun umringning qolganini shunchaki shirin suv sotib o‘tkazmoqchimisan yoki men bilan borib dunyoni o‘zgartirishni istaysanmi?»

Bu so‘zlar bilan Stiv Jobs PepsiCo‘dagi Jon Skallini o‘ziga chaqirib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu yerda bir necha texnik ishontirish iboralari qo‘llangan. Reallik doimo kishilarni noqulay his qilishlariga majburlab kelgan. Professional manipulyatsiya ustalari bundan samarali foydalanib, qiyinchiliklarni oson yechimi taklif qiladilar. Mashina yoki biror ichimlik belgisi kishini chiroyli, mashhur va muvaffaqiyatli qilishi mumkin. Keyingi texnika yetarlicha ma’lum: ikki variant taklif qilinadi, tabiiyki ulardan biri juda yomon bo‘ladi.

2. «Axir siz sog‘lom tishlarni egasi bo‘lishni xohlaysizku?»

Tish pastasi sotuvchisi bu so‘zlarni ayta turib ishontirishning ikki xilidan foydalanadi. Birinchisi – ritorik savoldan foydalanish. Ular so‘zlovchining fikrini rad etib bo‘lmaydigan qilib berilgan. Bunda sotuvchi va xaridorning hayotga bir xil qarashi ishonch chaqirishi ma’lum. Ikkinchisi – ma’noga yaqin texnika, ya’ni «ha deb javob beriluvchi savollar». Bunda mahsulot bilan bog‘liq savollar bo‘lishi shart qilib qo‘yilmagan. Sotuvchi «Havo juda yaxshi, shunday emasmi?» deb so‘rashi mumkin. Kishi hattoki arzimas va kichik fikrga qo‘shilishi ham uning kattaroq narsalarga ko‘nishini yengillashtiradi.

3. «Bu mashina sizga munosib»

Kishilar maqtov xush yoqadi. Ularni alohida, ahamiyatli va aqlli hisoblashlari manzur bo‘lishi aniq. Kundalik hayotda undan kishilarga «Sizning darajangizdagi kishi menga yordam berishga vaqt ajrata oladi deb o‘ylamayman» kabilida murojaat qilish mumkin. Reklamada bu texnikani odatda to‘gridan-to‘g‘ri murojaat qilishda foydalaniladi: «Siz sifatni qadrlaysiz», «Siz vaqtingizni behudaga sarflashni yoqtirmaysiz» va shu kabilar.

4. «Siz butunlay erkinsiz»

Odatda kishining o‘zida tanlov borligiga ishontirishning ayyorona usuli. Kishilar ularni cheklaganlarini yomon ko‘rishadi. Boshqa narsani olishiga erishmoqchi bo‘lgan sotuvchi, uni majburlamayotganini, balki shunchaki tanlov imkoniyati borligini eslatadi. 22000 kishi qatnashgan Kristofer Karpenterning tadqiqotlarida bu noodatiy ko‘rinishdagi texnika ekanligi namoyon bo‘ladi: bu muvaffaqiyatning 50 foizini ta’minlaydi. Tadqiqotchilar kishilardan xayriyaga pul ajratishlarini, avtobus chiptasiga qarz berib turishlarini so‘raydilar, lekin uning oxirida «men majburlamayapman» yoki «lekin siz yordam berishga majbur emassiz» degan so‘zlarni aytganlarida kishilar nisbatan o‘z ixtiyorlari bilan ko‘nadilar. Gapning o‘zi uncha muhim emas, lekin u beradigan ma’no: «siz butunlay erkinsiz, men sizni majbur qilmayapman» degani muhimdir. Mazkur texnika asosan, shaxsan aloqa qilinganda samarali, xat yoki telefondagi suhbatda uning ta’siri tushib boradi.

5. «Faqat bugun 50 foizlik chegirma»

Bu texnika biror qadrli narsani qo‘yib yuborishdan saqlash qo‘rqish instinktini beradi. Reklamalarda asosan, «Oxirgi imkoniyat!», «Hali kech bo‘lmasidan shoshiling» kabi so‘zlar qo‘llanadi. Statistikalarga ko‘ra, arzon sotuvlar kunida kishilar 10 foiz ko‘proq xarid qilar ekanlar.

6. «Bu mashina shunga arziydi!»

Boshi va oxirida yengil tanlangan so‘zlar eshitadigan insonga nutqning ta’sirini oshiradi. Tanlab qo‘llangan so‘zlar nutqni nisbatan norasmiyroq qilib, xaridor bilan sotuvchi orasidagi to‘siqlarni olib tashlaydi.

7. «Nega endi yo‘q?»

Manipulyatsiya qilishning eng muhim usuli – e’tirozlar bilan to‘g‘ri ishlay olishdir. Siz kimdandir nimadir iltimos qilsangiz, sizga rad javobini berishlari mumkin. Keyin kima qilish kerak? «Nega endi yo‘q» deb so‘rash lozim. Bunda sizga yo‘q deyishlariga oldindan to‘siq qo‘yasiz. Bunday savol beriladigan kishi o‘zini oqlaydigan tomonga aylanib, mantiqiy yechimlar topishga urinadi.

Manba: Likeit.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Biznesda kishilarga ta’sir qiluvchi mashhur iboralar. Ular qanday ishlaydi?