Angliya Premer-Ligasi 7-turidan o‘rin olgan bahsda “Arsenal” o‘z maydonida “Vest Xem Yunayted”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida sobiq “Vest Xem” futbolchisi Deklan Rays 38-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoa yetakchisi Bukayo Saka penaltidan gol urdi (67’).
“Arsenal” o‘yin davomida to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik qildi — 69%ga qarshi 31%, hamda 565 ta pas ijro etdi. “Vest Xem” himoyada ancha qiynaldi va biror marta darvoza tomon zarba yo‘llay olmadi.
Statistika:
• Zarbalar: Arsenal – 21, Vest Xem – 4
• Darvozaga aniq zarbalar: 5 – 0
• To‘p nazorati: 69% – 31%
• Paslar: 565 – 263
• Pas aniqligi: 87% – 78%
• Sariq kartochkalar: 0 – 2
• Ofsaydlar: 1 – 1
• Burchaklar: 8 – 3
G‘alabadan so‘ng “Arsenal” 16 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!