date

Superliga. «Nasaf» safarda «Bunyodkor» bilan durang qayd etdi

Superliga. «Nasaf» safarda «Bunyodkor» bilan durang qayd etdi

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan yana bir bahs yakunlandi. "Bunyodkor" o‘z uyida turnir peshqadami "Nasaf"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Dastlab, 14-daqiqada "qaldirg‘ochlar" futbolchisi Imeda Ashortia hisobni ochdi. 21-daqiqada esa Alibek Davranov mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 4 daqiqa qolganda Amir To‘raqulov super gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
"Ajdarlar" hujumchisi Husayn Norchayev 58-daqiqada boshi bilan gol kiritib, "Nasaf"ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Shuningdek, Norchayev 85-daqiqada penaltini golga aylantira olmadi.
Superliga. 24-tur. 4 oktyabr
Bunyodkor — Nasaf 2:2
Gollar: Ashortia 14, To‘raqulov 41 — Davronov 21, Norchayev 58.
Bunyodkor: 22.Valijon Rahimov, 4.Najmiddin Normurodov, 77.Muzaffar Olimjonov (8.Martin Shroler, 74), 15.Marko Bugarin, 2.Nikoloz Mali (5.Aleksandr Zevadinov, 74), 23.Asadbek Rahimjonov (10.Rasul Yo‘ldoshev, 80), 66.Azizbek To‘lqinbekov, 25.Itsuke Urata, 11.Temirxo‘ja Abduxoliqov (28.Matiya Krivokapich, 68), 57.Amir To‘raqulov, 9.Imeda Ashortia (21.Nosir Abdusalomov, 74).
Nasaf: 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 92.Umar Eshmurodov, 14.Sharof Muhiddinov (5.G‘olib G‘aybullayev, 11), 10.Dragan Cheran (20.Yusuf Otubanjo, 70), 77.Oybek Bozorov (22.Igor Golban, 90+3), 24.Sardor Bahromov, 19.Stefan Cholovich (8.Zafarmurod Abdurahmatov, 46), 18.Husayn Norchayev.
Ogohlantirishlar: Mali 6, To‘raqulov 90+4.
Foydalanilmagan penalti: Norchayev 85.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Nasaf» safarda «Bunyodkor» bilan durang qayd etdi