Uyg‘ongandan keyin ikki soat ichida nonushta qilishning foydasi isbotlandi

1 daqiqa o'qish259
Uyg‘ongandan keyin ikki soat ichida nonushta qilishning foydasi isbotlandi

Inson salomatligi va uzoq umr ko‘rish omillari haqida dunyoda turli tadqiqotlar o‘tkazib kelinadi. Yaqinda olimlar yana bir qiziqarli xulosaga keldi: uyg‘ongandan keyin ikki soat ichida nonushta qilish juda muhim ekanligi aniqlandi.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, kechiktirilgan nonushta inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, umr davomiyligini qisqartirishi mumkin. Ma’lumot berilishicha, har bir kechikilgan soat inson uchun bevaqt o‘lim xavfini o‘rtacha 8–11 foizga oshiradi, deb xabar berdi tadqiqotchilar.

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan sinovlarda qariyb 3000 nafar keksa kishi ishtirok etgan. Olimlar ularning kunlik ovqatlanish odatlarini tahlil qilib, ertalab ovqatlanish vaqti bilan umr davomiyligi o‘rtasida aniq bog‘liqlik borligini qayd etdi.

Shu bilan birga, mutaxassislar bu xulosani to‘liq tasdiqlash uchun qo‘shimcha izlanishlar zarurligini ham ta’kidlashdi. Chunki inson hayoti davomiyligiga faqat nonushta emas, balki umumiy turmush tarzi, jismoniy faollik, genetika va sog‘lom ovqatlanish kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.

Shunga qaramay, ovqatlanish sohasidagi ko‘plab mutaxassislar uyg‘ongandan keyin bir yoki ikki soat ichida nonushta qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular fikricha, bunday odat qondagi qand miqdorini barqaror saqlaydi, metabolizmni faollashtiradi va insonning sirkad ritmiga mos tarzda kunni boshlashga yordam beradi.

Olimlar olib borgan qo‘shimcha tadqiqotlarda ham erta nonushta qonda glyukoza darajasini yaxshilashi va ovqatdan keyin organizmda muhim gormonlardan biri hisoblangan GPP-1 (glyukagonga o‘xshash peptid-1) reaksiyasini kuchaytirishi isbotlangan. Bu esa organizmning qand aylanishini yaxshilab, diabet va shu kabi kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, sog‘lom hayot tarzini istagan har bir inson uchun erta nonushta qilish muhim qadam hisoblanadi. Kun boshidagi to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish faqatgina energiya berib qolmay, balki uzoq umr ko‘rishga ham hissa qo‘shishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?