date

Muntazam choy ichish jigar saratoni xavfini sezilarli kamaytirishi aniqlandi

Muntazam choy ichish jigar saratoni xavfini sezilarli kamaytirishi aniqlandi

Xitoylik va AQSHlik xalqaro tadqiqotchilardan iborat ilmiy guruh choyni muntazam iste’mol qilish jigar saratoni xavfini kamaytirishga ta’sir qilishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda jigar saratoni bilan og‘rigan 2000 nafar bemor va kasal bo‘lmagan 8000 ga yaqin inson ishtirok etdi. Ushbu tadqiqotda ishtirokchilarning kundalik odatlari, jumladan choy ichish, gepatit B va C viruslari mavjudligi, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, chekish va ichimlik suvi sifatini solishtirilib ko‘rildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muntazam choy ichgan odamlarda jigar saratoni kasalligiga chalinganlar soni ichmaydiganlarga nisbatan 49 foizga kam bo‘lgan.

Shuningdek, choy ichishni tashlagan kishilarda xavf bir oz oshgani kuzatildi. Ta’kidlash joizki, choy ichishning himoya ta’siri, ayniqsa, spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlar orasida sezilarli bo‘ldi. Choy ichish jigar saratoni xavfini deyarli ikki baravar kamaytirishga sabab bo‘lgan. Tadqiqot mualliflari choy tarkibidagi antioksidantlar va polifenollarning bu jarayonlarda asosiy rol o‘ynashini ta’kidlashmoqda.

Bunga qo‘shimcha, tadqiqotchilar choyning gepatit B ga qarshi emlash, spirtli ichimliklardan voz kechish va xom suv ichish kabi tasdiqlangan profilaktika usullarining o‘rnini bosa olishini aytmadi. Shuningdek, muntazam choy iste’mol qilish, ayniqsa, yuqori xavf guruhidagi odamlar

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Muntazam choy ichish jigar saratoni xavfini sezilarli kamaytirishi aniqlandi