Samarqandda “Tracker” haydovchisi bolani urib qochib ketdi

1 daqiqa o'qish327
Samarqandda “Tracker” haydovchisi bolani urib qochib ketdi

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi jamoatchilikning katta muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tracker” rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib ketgan. Endi eng alamlisi — bola yiqilganiga qaramay, haydovchi hech narsa bo‘lmagandek yo‘lini davom ettirib, hodisa joyidan qochib ketgan. Bu haqda viloyat YHXB ma’lumot berdi.

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videyozuv orqali voqea ommaga ma’lum bo‘lgan. Kadrlarda “Damas” haydovchisi qoidalarga amal qilib, piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtaganini ko‘rish mumkin. Biroq orqadan kelayotgan “Tracker” haydovchisi sabrsizlik qilib, qonunbuzarlikka qo‘l urgan va aynan shu paytda o‘quvchini urib yuborgan.

Omad yuz berib, bola og‘ir jarohat olmagan. Ammo bunday mas’uliyatsizlik jamoatchilikning qattiq e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik haydovchining harakatini “beparvolikning oliy nuqtasi” sifatida baholamoqda. Chunki yo‘lda piyodalar, ayniqsa bolalar xavfsizligi hamma uchun ustuvor bo‘lishi shart.

Tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, qisqa vaqt ichida haydovchi shaxsi aniqlandi. Mutasaddilarning xabar berishicha, avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketildi.

Endi ayol haydovchiga nisbatan qonunchilikka asosan chora ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 137-moddasida “Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyni tark etish” qoidalari belgilangan. Unga ko‘ra, bunday qonunbuzarlik uchun 15 asosiy hisob birligi — taxminan 6,1 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin.

Mazkur hodisa yana bir bor haydovchilarga yo‘lda eng muhim qoida — ehtiyotkorlik va mas’uliyatni eslatdi. Chunki bir lahzalik bee’tiborlik va qonunga xilof harakat faqat haydovchi emas, balki butun jamiyat uchun qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?