Agar dollar O‘zbekiston bozoridan butunlay chiqsa, iqtisodiyotda jiddiy o‘zgarishlar va salbiy oqibatlar kuzatilishi mumkin, deb Jahongir Latipov Telegram-kanali yozmoqda.
1) Import va savdoda muammo — Jahon savdosining asosiy qismi dollarda amalga oshadi. Shuning uchun chetdan mahsulot sotib olish qiyinlashadi yoki ancha qimmatga tushadi.
2) Narx-navoning keskin oshishi — Telefon, mashina, dori-darmon va texnika kabi import tovarlar qimmatlashadi. Chunki boshqa valyutaga o‘tish qo‘shimcha xarajatlar keltirib chiqaradi.
3) So‘mga bosim kuchayadi — Milliy valyuta — so‘mning qadri beqaror bo‘lib qoladi. Savdo operatsiyalarida yevro, yuan yoki boshqa valyutaga o‘tishga to‘g‘ri keladi.
4) Investitsiya kamayadi — Chet ellik investorlar asosan dollarda ishlaydi. Dollar bo‘lmasa, ularning sarmoyasi kamayadi yoki butunlay to‘xtashi mumkin.
5) Pul o‘tkazmalar muammoga aylanadi — Tashqi mehnat migratsiyasidan keladigan dollardagi pul mablag‘larini konvertatsiya qilish qiyinlashadi.
Xulosa: Dollar bozorni butunlay tark etsa, iqtisodiy tizimda silkinish yuz beradi. Biroq vaqt o‘tishi bilan yevro yoki yuan kabi valyutalarga asta-sekin o‘tish mumkin bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!