23:57 / 02.02.2018
7 329

Olimlar ortiqcha vazndan halos bo’lishning behad oson usulini topishdi

Олимлар ортиқча вазндан ҳалос бўлишнинг беҳад осон усулини топишди
Amerikaning Mayo klinikasi olimlari kuniga olti soatdan ko’proq vaqtni tik oyoqda o’tkazadigan odamlar o’tirib ishladigan odamlarga nisbatan tezroq vazn yo’qotishlari haqida ma’lum qildilar.

Xabarda aytilishicha, olimlar bu borada 65 1184 ishtirokchi qatnashgan 46 ta tadqiqot o’tkazdilar. Ishtirokchilarning o’rtacha yoshi 33 da bo’lgan, vazn ko’rsatkichi esa 65 kilogrammni tashkil etgan.

Aniqlanishicha, inson turgan vaqtida o’tirgan holatga nisbatan daqiqasiga 0,15 kkal ko’proq sarflanadi. Kun davomida 6 soatni tik oyoqda o’tkazgan odamlarda esa qo’shimcha 54 kkal sarf etishadi. Natijada 4 yil davomida 10 kilogramm vazndan halos bo’lish mumkin.
Tadqiqotchilar shuningdek, o’tirib ishladigan odamlar semizlikka ko’proq moyil bo’lishlari va ularda ko’p hollarda qandli diabet va yurak-qontomir tizimi bilan bog’liq muammolar kelib chiqishini qayd etganlar.

Shuningdek mutaxassislar vazn tashlash jismoniy mashqlarga nisbatan parhezlar bilan osonroq amalga oshishi haqida aytishgan. Texass sport tibbiyoti universiteti professori Filipp Stenfortning aytishicha, bu insondan ko’p vaqt va kuchni oladi. To’lachadan kelgan odam yog’ va uglevodlar bilan to’yingan mahsulotlarni yeyishni to’xtatganda esa uning bel o’lchamlari qisqa muddat ichida ixchamlasha boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar ortiqcha vazndan halos bo’lishning behad oson usulini topishdi