16:53 / 08.02.2018
25 036

Qaysi rangni sevishingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Qaysi rangni sevishingizga qarab xarakteringizni bilib oling
Hammamizni yoqtirgan ranglarimiz bor. Xarakteringizni ham yoqtirgan rangizga qarab aniqlab olsa bo‘lar ekan. Quyidagi 12 ta ranglardan yoqtirganingizni tanlang va o‘zingiz haqingizda bilib oling.

Yashilrang
Bunday odamlar ularning hatti-harakatlarini maqtashlarini va atrofdagilar ularni qadrlashlarini istaydilar. Boshqalarga nasihat qilishni yoqtiradilar. Lider xarakterlari bilan ajralib turadi.

Kulrang
E’tibor markazida bo‘lishni yoqtiradi. Atrofdagilarni nazariga tushish uchun jamoat ishlari bilan ham shug‘ullanadilar. O‘zlarini juda ham hurmat qiladilar.

Sabzi rang
Hamma hayotdagi holatlarni taqdirga yoyadilar. Do‘stona va ichki hissiyotlarini yashirishni bilmaydigan inson. Bu rangni sevuvchilar hayotni ham sevadilar.

Pushti rang
Bu rangni ta’sirchan va g‘amxo‘r insonlar tanlaydilar. Haddan tashqari e’tibor markazida bo‘lishga intiladilar. Atrofdagilarga o‘zini fikrini uqtirishga harakat qilishadi va boshqalar ayanan qanday yo‘l tutishi haqida maslahatlar beradi.

Binafsha rang
Bu rangni odatda ijodkor va aqlli insonlar tanlaydi. Hayot mazmuni izlayotgan odamlar ushbu rangni tanlaydilar.

Qizil rang

O‘ziga juda ham qattiq ishongan insonlar ushbu rangni tanlaydilar. Hamma vaziyatda g‘olib bo‘lishni istaydilar. Tez jahllari chiqadi va ularga doim ham ishonib bo‘lmaydi.

Feruza rang

Doim tinch holatda yuradilar. Hissiyotlarini namoyon qilmaydilar va o‘zlarini qadrlariga yetadilar.

Oq rang

Oq rangi soflik belgisi hisoblanadi. Bunday odamlar har xil g‘oyalarni deyarli har daqiqada o‘ylab topishadi. Pul tejashni bilishmaydi va uy ro‘zg‘ori masalasida ba’zi bir qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Sariq rang

Bu optimistlar rangi. Ular o‘zgarishlarni yoqtiradilar va hayotlari bir joyda to‘xtab qolmasligi uchun harakat qiladilar. Hayotlaridagi haqiqatdan qochishga intiladilar.

Qora rang
Odatda o‘ziga ishongan insonlar ushbu rangni tanlashadi. Bunday insonlar doim omadga intilishadi. Ammo oqibatlarni o‘ylamay qaror qabul qilishadi va o‘zgalarning fikri bilan qiziqmaydi.

Ko‘k rang
Bu tinchlik rangi, bu rangni tanlagan insonlar qulaylik va tinchlikni yoqtiradilar. Bunday insonlarga ishonsa bo‘ladi. O‘zlari ham tartibli hayot tarziga intiladilar.

Jigarrang
Bu rangni yoqtiruvchilar yolg‘iz bo‘lishni afzal ko‘radilar. Uy jihozlash va bezatishni ham yoqtiradilar. O‘zini yashirin qobiliyatlarini amalga oshirishga va ochilmagan qirralarini yanada rivojlantirishga harakat qiladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi rangni sevishingizga qarab xarakteringizni bilib oling